"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik yarim himoyachi Jessi Lingardning nima sababdan "Lids"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibga kiritilganini tushuntirdi.
"Lingard boy tajribaga ega futbolchi. U maydonning katta qismida faol harakatlana oladi. So‘nggi mashg‘ulotlarda yaxshi harakat qilgani uchun uni asosiy tarkibda maydonga tushirdim", - degan Rangnik "Sky Sports" telekanaliga.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli angliyalik futbolchi 2020 yil 1 yanvardan beri ilk marta “Manchester Yunayted”ning asosiy tarkibida maydonga tushdi.
Joriy mavsumda Lingard mankunianliklar safida 16 ta uchrashuvda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.