Moskvaning «Spartak» klubi o‘zining 100 yilligi munosabati bilan yangi logotipini namoyish qildi.
Asosiy elementlar bir xilligicha qoldi: romb va qizil-oq ranglar, shuningdek, «S» harfi — logotipning xarakterli qismi.
Klubning bayonotiga qaraganda, yangi logotip brendning yangilanishini anglatadi. Klubning qadriyati shiorda aks ettirilgan: «Spartak» — bu yerda hamma muhim».