Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Napoli" sardori jarohat oldi. U "Barselona"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

"Napoli" sardori jarohat oldi. U "Barselona"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

Italiyaning "Napoli" jamoasi chap qanot vingeri Lorenso Insinye klubning bir nechta o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqida "Mundo Deportivo" nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Napoli" sardori kechagi umumiy guruh mashg‘ulotlarida o‘ng sonidan jarohat olgan.

U bugungi "Kalyari"ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Katta ehtimol, "Barselona"ga qarshi bahsni ham o‘tkazib yuboradi.

Qayd etish joiz, 30 yoshli italiyalik hujumchi A Seriyaning joriy mavsumida 20 o‘yinda maydonga tushib, 6 gol va 5 golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 19:40, 21.02.2022.
O'qildi: 1715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик