Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Tomas Myullerda koronavirus aniqlandi. 21 fevral kuni u ijobiy sinovdan o‘tdi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Futbolchida kasallik alomatlarsiz o‘tmoqda. Tomas uyda o‘zini-o‘zi izolyasiya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" navbatdagi o‘yinini 26 fevral kuni Bundesliga doirasida "Ayntraxt"ga qarshi o‘tkazadi.
Joriy mavsumda Myuller Bundesligada 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi.