Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass ingliz klublarini Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalini boykot qilishga chaqirdi.
"Agar klublarning o‘rnida bo‘lganimda, finalni boykot qilgan bo‘lardim. Putin rejimi nima qilayotganini hisobga olib, Sankt-Peterburgdagi o‘yinda qatnashmagan bo‘lardim", - deya iqtibos keltiradi Daily Mail Trass so‘zlaridan.
Oldinroq Chempionlar ligasi finali Londonni qabul qilishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.