Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diyego Simeonening fikricha, uning jamoasi "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldudan ehtiyot bo‘lish kerak.
"Krishtianu - daho. U ajoyib futbolchi va u o‘zi o‘ynagan har bir klubda hal qiluvchi vazifasini bajargan. Avvallari ham bizga qarshi o‘ynagan o‘yinlarida yetarlicha muammolar tug‘dirgandi. Hozir u o‘zining ajoyib sport formasida kuchli jamoa tarkibida o‘ynamoqda" - dedi Simeone.