Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Davron Fayziyevdan «Atletiko» - «Manchester Yunayted» o‘yiniga sharh

Davron Fayziyevdan «Atletiko» - «Manchester Yunayted» o‘yiniga sharh

Baho:
+1 | -

Kuchlar teng. Har holda hisob bo‘yicha. «Atletiko» kuchli start namoyish etdi. 7-daqiqadayoq Lodining uzatmasidan keyin Feliks bosh bilan Van Persi uslubida darvozani ishg‘ol qildi. Goldan keyin ham mezbonlar tempni tushirmadi. Pressing va "Manchester"ning hamma zonasini yopishga erishdi. Aybi - boshqa urolmadi.

Ikkinchi taymda Rangnik ozgina "richag"ni torta oldi va jamoasi o‘ynashni boshladi. Tashabbus mehmonlarga o‘tmadiyu, sal aktivlik paydo bo‘ldi. Simeone esa negadir tepadagi bosimni bo‘shatdi. Chempionlar ligasidagi 5 ta o‘zgarish qilish imkoniyatidan Angliya klublari mazza qilib foydalanishmoqda (APLda 3ta). 75-daqiqa, Elanga tushirildi. 80-daqiqa, Fernandesh unga pas berdi va 19 yoshli talant birga-bir vaziyatdan foydalandi. Qishda "MYU" Elangani ijaraga berishni o‘ylayotgandi va Rangnik olib qoldi. Bugun u YECHLda birinchi, umumiy uchinchi golini urdi.

Feliks uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 08:29, 24.02.2022.
O'qildi: 4871 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик