Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

Bugun qur’a. Yevropa ligasi 1/8 final bosqichi qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Bugun qur’a. Yevropa ligasi 1/8 final bosqichi qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Baho:
+ | -

UYEFA Konferensiyalar ligasi musobaqasini yo‘lga qo‘ygach, Yevropa ligasi turniri pley-off bosqichiga kichik o‘zgarish yuz berdi. Guruh bosqichida peshqadamlikni qo‘lga kiritgan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak final bosqichiga yo‘l olishgan bo‘lsa, qolgan 16ta klub 1/16 final deb nomlangan o‘tish bahslarida ishtirok etdi va 1/8 finalga chiqqan yana 8 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

Bugun esa Yevropa ligasi musobaqasining nimchorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir haqida muhim ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Qachon?
Qur’a tashlash marosimi bugun — 25 fevral, juma kuni UYEFA qarorgohi joylashgan Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.

Ishtirokchi-jamoalar
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, qur’ada 16ta jamoa ishtirok etadi. Yevropa ligasi guruh bosqichida 1-o‘rinni egallaganlar 1-savatchadan, 1/16 final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan klublar 2-savatchadan o‘rin olishadi.

1-savatcha:
"Ayntraxt"
"Bayer"
"Vest Xem"
"Galatasaroy"
"Lion"
"Monako"
"Spartak"
"Srvena Zvezda"

2-savatcha:
"Atalanta"
"Barselona"
"Betis"
"Braga"
"Portu"
"RB Leypsig"
"Reynjers"
"Sevilya"

Cheklovlar bormi?
Ha. Bir mamlakat vakillari ushbu bosqichda o‘zaro to‘qnash kelishmaydi.

Nechta o‘yin?
Nimchorak final bosqichida jamoalar uy va safar tizimida ikki martadan to‘qnash kelishadi. 1-savatcha vakillari javob bahsini o‘z uylarida o‘tkazishadi. Pley-off bosqichida "safarda urilgan gol" qoidasi amalda bo‘lmaydi.

O‘yinlar qachon o‘tkaziladi?
Dastlabki uchrashuvlar 10 mart kuni bo‘lib o‘tadi. "Portu" va "Betis" klublari esa o‘z o‘yinlarini 9 mart kuni o‘tkazishadi. Javob bahslari esa 17 mart kuniga belgilangan.

Keyin-chi?
Ushbu bosqich g‘oliblari chorak finalga yo‘l oladi. Mag‘lub bo‘lganlar musobaqani tark etishadi. Chorak finalga qur’a tashlash marosimi 18 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:27, 25.02.2022.
O'qildi: 3943 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.