Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Messining Parijdagi kelajagiga shubha bilan qarashmoqda

Messining Parijdagi kelajagiga shubha bilan qarashmoqda

Baho:
+ | -

Messi «PSJ»ga o‘tganidan so‘ng uning o‘yinida pasayish ko‘zga tashlandi. Buni bir qator jurnalist va mutaxassislar ham e’tirof etishmoqda. Jumladan, «Arsenal»ning sobiq futbolchisi, Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan Emmanuel Peti ham endi chaqqon va g‘ayratli Leo qaytmasligini tan olmoqda.

«Men Messini «PSJ» libosida ko‘rsam, bundan xafa bo‘lyapman. Biz hammamiz uning muvaffaqiyatga erishishini istaymiz, biroq buni «Barselona»da amalga oshirilishiga barcha o‘rganib qolgan. Men Messi va Mbappeni solishtirmoqchi emasman. Ammo so‘nggi bir necha oy ichida biz bir yulduzning so‘nib, ikkinchisining ko‘tarilganiga guvoh bo‘ldik. Bu yerdagi so‘ngan yulduz «Barselona»da porlagan Messining soyasi xolos», — deydi Peti.

Shuningdek, Petidan boshqa bir qator ekspertlar ham Leo borasida ijobiy fikrda emaslar. Quyida bu haqida qisqacha to‘xtalamiz.

Tyerri Anri, «Arsenal» va «Barselona»ning sobiq hujumchisi, Fransiya jamoasi tarkibida jahon chempioni:

«Messi to‘p bilan juda kam vaqtini o‘tkazmoqda. Hozircha «PSJ» to‘liq Mbappega qurilgan jamoa. Qolgan futbolchilar ham aynan unga tez-tez to‘p uzatishga harakat qilishadi. Bir nuqtada faqat bitta lider paydo bo‘lishi kerak. «PSJ»da yulduz futbolchilar juda ko‘p».

Zlatan Ibrahimovich, «Milan» hujumchisi:

«Bu Messi uchun yaxshi chaqiruv. U «Barselona»dagi uzoq yillik faoliyatidan so‘ng yangi sinovlarni ham boshidan o‘tkazishi kerak edi. «PSJ» g‘alaba qozonishni istaydigan va o‘sib borayotgan yuqori ambisiyali klub. Hozirgi «PSJ» mening davrimdagidan yaxshiroq jamoa emas. Endi u kabi uyushqoqlik qaytib kelmaydi».

Jibril Sisse, «Liverpul» va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi:

«Men hozirgi Messining o‘yinlaridan umuman hayratlanmayman. Buni tabiiy qabul qilish kerak. Menimcha, ayni dam hatto, Ben Arfa ham Messidan yaxshiroq o‘ynaydi. Men uning o‘yinini kuzatdim. Yana bir bor aytaman - biz bilgan Leo endi qaytib kelmaydi».

Rafael van der Vaart, «Ayaks», «Real Madrid», «Tottenxem» va Gollandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi:

«Messining o‘yinlari mening hafsalamni pir qiladi. Bu iroda kuchi bilan bog‘liq masala. U Parijda sidqidildan o‘ynashni xohlamayapti. Messidan muxlislar juda ko‘p narsalarni kutishgandi. Agar u gol ura olmasa yoki golli uzatma bermasa, juda yomon o‘yin o‘tkazdi deb baholanmoqda. Hozirgi kartinada Neymar va Mbappe Messidan yaxshiroq ko‘rinadi».

Sesk Fabregas, «Monako» yarim himoyachisi va Messining «Barselona»dagi sobiq jamoadoshi:

«Messi, albatta, o‘ziga loyiq bo‘lgan o‘yin jihatidan ancha ko‘p tanqid qilinmoqda. «Real»ga qarshi o‘yindan so‘ng uni tanqid qilganlarning fikrlarini o‘qidim. Ha, u maydonda asosiy yulduz bo‘lmasada, yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. U Mbappeni birinchi bo‘limda maydonda boshqa hech bir futbolchi qila olmagan pas bilan ta’minlab, darvozabon bilan yakkama-yakka holatga olib chiqdi. Shuningdek, u Neymarga ehtimoliy assistentlik ham qildi. Ha, u penaltini amalga oshira olmadi, lekin amalga oshirilmagan penalti uchun uni aybdor qilish shunchaki kulgili. Futbol bu bilan cheklanib qolmaydi. Qolaversa, Kurtua ko‘plab fantastik seyvlarni ham amalga oshirdi».

Andrey Arshavin, «Zenit», «Arsenal» va Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi:

«Messi effekti jamoaga deyarli foyda bermayapti. Uning «PSJ» o‘yiniga haligacha moslashib keta olmagani yaxshi emas. Pochettino bu borada ancha muammoga duch kelmoqda. Klub doimo 4-3-3 sxemasida hujumda yorqin o‘yinchilar bilan harakatlandi, himoyaga faqat Di Mariya yordam bera oldi xolos. Endi esa bunga Messi qo‘shildi. So‘nggi yillarda «Barselona»da u markazga yaqinroq bo‘lgan ikkinchi hujumchi ortida o‘ynagan edi. Endi u Parij klubida to‘liq qanotda o‘ynashi kerak.

Bu juda qiyin bo‘ladi. Messi endi begona o‘yinchiga aylandi. U vaqt bo‘yicha ko‘p to‘pga egalik qiladi, «PSJ» esa o‘z uslubida ko‘proq tezlikka e’tibor qaratgan. Messi to‘p bilan o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Menimcha, hozircha murabbiy ko‘proq qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Lekin biror narsa qilish kerak, siz shunday futbolchini zaxirada ushlab turolmaysiz. U o‘z joyini topishi, tezroq moslashishi kerak».

Nikolya Anelka, «Real», «Chelsi» va Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi:

Messi butun faoliyatini «Barselona»da o‘tkazdi, unga boshqa klubga moslashish oson emas, chunki bu yerda uning uchun hamma narsa yangi. Menimcha, u «Barselona»ni tark etishni xohlamagandi, balki bu majburlikdan sodir bo‘ldi. Endi esa moslashish oson bo‘lmaydi».

Luis Suares, «Atletiko Madrid» hujumchisi va Messining «Barselona»dagi do‘sti:

Men u bilan har kuni gaplashaman. Biroq hech qachon undan kelajagi haqida so‘ramaganman. Chunki biz professional futbolchimilarmiz va bunday daqiqalarda qanday harakat qilishni yaxshi bilamiz. Messi menga u yer ancha sovuqligi va qor ostida o‘ynab juda qiynalganini aytdi. U yerdagi sovuqqa ko‘nikish ham kerak. Busiz iloj yo‘q».

Karim Benzema, «Real Madrid» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi:

«Messidek futbolchini tanqid qila olmayman. Agar Kim bunday qilsa futbolda hech narsani tushunmaydi».

Kiritildi: 18:19, 25.02.2022.
O'qildi: 2208 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.