Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Usmon Toshev «Buxoro»ni pichoqsiz «so‘yib», bankrot qilib ketdimi?

Usmon Toshev «Buxoro»ni pichoqsiz «so‘yib», bankrot qilib ketdimi?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Usmon Toshev o‘tgan mavsum "Buxoro" klubida bosh direktor sifatida ishladi. Ushbu davr mobaynida klubda qanday ishlar amalga oshirilganini yodga olamiz: 

- Klub nomi faqat og‘zaki tarzda "Nurafshon"ga o‘zgartirildi. Har qanday hujjatda "Buxoro" nomi qolaverdi. 

- Tojikistonlik murabiy Daler Kayasov, darvozabonlar murabbiyi Alisher To‘ychiyev, futbolchi Toxir Malado‘stov va texnik direktor Baxtiyor Dadamatov bilan 5 yillik shartnomalar tuzildi. 

- Yana bir qator futbolchilar bilan 5 yillik shartnomalar antiqa tarzda tuzildi. Unga ko‘ra, Usmon Toshev "Buxoro" bosh murabbiyligini tark etsa, ushbu futbolchilar avtomatik tarzda erkin agentga aylanardi. Yakunda shunday bo‘ldi ham. 

- Baxtiyor Dadamatovga 90 million so‘m, Kayasovga 119 million so‘m, Toxir Malado‘stovga 55 million so‘m kompensasiya puli to‘landi. 

- Alisher To‘ychiyev esa klub bilan muzokaraga kirishmayapti. Ayni paytda u FIFAga murojaat qilib, 2025 yil oxirigacha bo‘lgan oylik maoshlarini, ya’ni 537 million so‘m to‘lab berishini so‘ramoqda. 

- Usmon Toshev bosh direktorligi paytida turkmanistonlik darvozabon Raxat Japarovga 2021 yil 10 iyuliga qadar barcha qarzdorliklarni yopish bo‘yicha kafolat xati berilgan. Xatda agar ushbu pullar o‘z vaqtida to‘lanmasa, Japarovga yil oxirigacha bo‘lgan oylik maosh va mukofot pullari berilishi ko‘rsatilgandi. Yakunda pullar to‘lanmadi hamda Japarov FIFA orqali o‘ynamagan oylar uchun ham jami 116 million so‘m maosh hamda mukofot pullarini qo‘lga kiritdi.

Hozirgi rahbariyat "Buxoro" klubi oldida turgan muammolarni yechishda astoydil harakat qilmoqda. Umid qilamizki, "Buxoro" klubi ushbu qiyinchiliklarni ortda qoldirib, o‘z g‘alabalari bilan muxlislarni hali yana xursand qiladi.

"Buxoro" FK matbuot xizmati

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 22:00, 25.02.2022.
O'qildi: 2877 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.