Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Jarimadan tortib, turnirlardan chetlatishgacha. Polshani nimalar kutmoqda?

Jarimadan tortib, turnirlardan chetlatishgacha. Polshani nimalar kutmoqda?

Baho:
+ | -

Polsha JCH-2022 saralashida Rossiyaga qarshi o‘yindan bosh tortgani uchun jarimaga tortilishi yoki turnirdan chetlashtirilishi mumkin.

Shanba kuni Polsha futbol ittifoqi (PFU) prezidenti Sezari Kulesa “Polsha terma jamoasi Rossiya jamoasiga qarshi pley-off o‘yinini o‘tkazishdan bosh tortmoqda”, deb aytdi. Xuddi shu pozisiyani polyaklar sardori, “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski egalladi.

Polsha tomoni vakillarining bayonotlari bilan bog‘liq holda, biz FIFA reglamentining musobaqalar boshlanganidan keyin ishtirok etishdan bosh tortgan taqdirda mumkin bo‘lgan sanksiyalarga oid qoidalarini taqdim etamiz.

2022 yilgi Jahon chempionati saralashi reglamentiga ko‘ra, "saralash o‘yinlari boshlanganidan keyin ishtirok etishdan bosh tortgan har qanday futbol assosiasiyasi kamida 40 000 yevro miqdorida jarimaga tortiladi".

Rad etish qarori qabul qilingan holatlarga qarab, FIFA Tartib-intizom qo‘mitasi jarimadan tashqari “boshqa jazo choralarini qo‘llash, jumladan, assosiasiyani keyingi FIFA turnirlarida ishtirok etishdan chetlashtirish” huquqiga ham ega.

O‘ynalmagan yoki o‘tkazib yuborilgan har qanday o‘yin, FIFA tomonidan e’tirof etilgan fors-major holatlari bundan mustasno, “FIFA Tartib-intizom kodeksiga muvofiq FIFA Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan tegishli assosiasiyalarga nisbatan sanksiya qo‘llanilishiga olib kelishi mumkin”. Agar FIFA fors-major faktorini tan olsa, unda bunday hollarda tartib-intizom qo‘mitasi o‘yinni qayta o‘tkazishni talab qilishi mumkin.

O‘yinning bekor qilinishi yoki to‘xtatilishi uchun mas’ul bo‘lgan assosiasiya bunday qaror bilan bog‘liq bo‘lgan "FIFA, o‘yinni tashkil qiluvchi assosiasiyadan xarajatlarni qoplashni talab qilishi" mumkin.

JCH-2022 saralashining pley-off bosqichidan o‘rin olgan Rossiya - Polsha o‘yini qura natijasiga ko‘ra 24 mart kuni Moskvada bo‘lib o‘tishi kerak.

Kiritildi: 17:43, 26.02.2022.
O'qildi: 1561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.