Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

O‘zbekiston cuperkubogi. «Paxtakor» - «Nasaf» (prevyu)

O‘zbekiston cuperkubogi. «Paxtakor» - «Nasaf» (prevyu)

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun 27 fevral kuni mamlakatimizning amaldagi chempioni “Paxtakor” Yaypanda O‘zbekiston kubogi sohibi "Nasaf"ga qarshi O‘zbekiston Superkubogi o‘yinida maydonga tushadi.

Hozirga qadar “Paxtakor” Superkubokda to‘rt bor maydonga tushib, ulardan oxirgisida g‘alaba qozongan. 1999 yil "Navbahor", 2015 yil "Lokomotiv", 2016 yil "Nasaf"ga imkoniyat boy berilgan, o‘tgan yili esa "Nasaf" mag‘lub etilgan. Superkubokdagi uchrashuv poytaxtliklarning yangi bosh murabbiyi Slavche Voyneski uchun rasmiy debyutga aylanadi.

Qiziqarlisi, «Nasaf» O‘zbekiston Superkubogi uchun faqat Toshkentning «Paxtakor» jamoasi bilan kuch sinashmoqda. Ertangi bellashuv jamoamiz uchun uchinchi bellashuvga aylanadi. 2016 yilda «Bunyodkor» stadioni mezbonlik qilgan O‘zbekiston Superkubogi bellashuvida Artur Gevorkyanning yagona goli «Paxtakor» ustidan g‘alaba keltirgandi. 2021 yil Samarqand shahri mezbonlik qilgan bellashuvda toshkentliklar muvozanatni tenglashtirishgan. Uchrashuvdagi yagona golga Dragan Cheran mualliflik qilgan.

Bellashuvni “Paxtakor”dan Sherzod A’zamov, “Nasaf”dan esa Oybek Bozorov diskvalifiksiya sababli o‘tkazib yuboradi. Ta’kidlash lozim, "Paxtakor" va "Nasaf" ketma-ket uchinchi marta sovrin uchun hal qiluvchi o‘yinda to‘qnash kelmoqda. “Ajdarlar” bugun o‘z tarixida uchinchi bor O‘zbekiston Superkubogi uchun kurashadi.

Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" va "Nasaf" o‘rtasidagi bellashuv bugun 27 fevral, yakshanba kuni Yaypandagi "O‘zbekiston" stadionida soat 16:00da boshlanadi.

Kiritildi: 09:45, 27.02.2022.
O'qildi: 2109 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик