Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Superkubok. “Paxtakor” – O‘zbekiston Superkubogi – 2022 sohibi

Superkubok. “Paxtakor” – O‘zbekiston Superkubogi – 2022 sohibi

Baho:
+ | -

Bugun, 27 fevral kuni rasman O‘zbekistondagi futbol musobaqalariga start berildi. Superkubok uchun kechgan uchrashuvda Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Qarshining “Nasaf” klubiga qarshi maydonga tushdi.

 

O‘yin dastlabki daqiqalardan boshlab teng kurashlar ostida kechdi. Har ikki jamoa ham raqib darvozalari oldida ketma-ket hujum uyushtirishga harakat qildi.

O‘yindagi birinchi xavfli hujum 9-daqiqada yuz berdi. “Ajdarlar” hujumchisi Husayn Norchayev “Paxtakor” himoyachilarini aldab zarba berishga urunib ko‘rdi, biroq u tepgan to‘pni Eldorbek Suyunov egallab oldi.

11-daqiqaga kelib, qarshiliklar yana hujum uyushtirishdi. Nasrullayevning chap qanotdan uzatib bergan to‘piga Marko Stanoyevich aniq zarba bera olmadi.

12-daqiqada “Paxtakor” himoyachisi Farrux Sayfiyev ogohlantirildi. U chap qanot bo‘ylab hujum uyushtirayotgan “Nasaf” futbolchisini qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi.

19-daqiqada qarshiliklar futbolchisi Marko Stanokvich ogohlantirildi. “Nasaf” legioneri Farrux Sayfiyevga nisbatan qoida buzdi.

Taym o‘rtalariga kelib biroz ustunlik toshkentlik futbolchilar tomoniga o‘tdi. “Paxtakor” 23, 25, 30-daqiqalarda xavfli hujum uyushtirishdi.

40-daqiqada “Paxtakor” himoyachilarining yo‘l qo‘ygan xatosidan “Nasaf” o‘yindagi hisobni ochishi mumkin edi, ammo Husayn Norchayev imkoniyatdan foydalana olmadi.  Ushbu vaziyatda Eldorbek Suyunov vaqtida to‘pga chiqib, jamoasini goldan saqlab qoldi. Shuningdek, Eldor ushbu vaziyatda jarohat oldi va maydonni erta tark etdi. Uning o‘rniga Sanear Quvvatov tushdi.

Birinchi taym 0:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi taym “Nasaf” ustunligida boshlandi. “Ajdarlar” ketma-ket hujum uyushtirishdi. Lekin hisob “Paxtakor” futbolchilari tomonidan ochildi.

61-daqiqada “sherlar” futbolchisi Farrux Sayfiyev chap qanotdan uzatib bergan to‘pni Cheran gol bilan yakunladi.

69-daqiqada “Nasaf” gol urishi mumkin edi. Lekin Husayn Norchayev Sanjar Quvvatovning xatosidan unumli foydalana olmadi.

Goldan so‘ng “ajdarlar”ning hujumi jonlandi. Qarshi klubi ketma-ket “Paxtakor” jarima maydonchasi atrofida hujum uyushtirishdi. Ba’zida darvozabon, ba’zida himoyachilar qarshiliklar hujumini bartaraf etishdi.

Qolgan daqiqalarda har ikki jamoa ham ketma-ket hujum uyushtirishdi, ammo gol urish ikki jamoaga ham nasib qilmadi.

Shu tariqa “Paxtakor” 2022 yilgi O‘zbekiton Superkubogi sohibiga aylandi.

“Paxtakor” – “Nasaf” — 1:0

Gol: Dragan Cheran 61 - 1:0

Paxtakor” — Eldor Suyunov (Sanjar Quvvatov - 45), Hojiakbar Alijonov, Farruh Sayfiyev, Sardor Sobirxo‘jayev (Sharkich), Aleksey Larin, Kamen Xadjiyev, Odil Hamrobekov, Ikrom Aliboyev, Sardor Rashidov (Erkinov), Sardor Sobirxo‘jayev, Aziz Turg‘unboyev, Dragan Cheran.

Zaxira:  Roziyev, Erkinov, Xolmatov, Ergashboyev, Fayzullayev, Yoqubov, Mirahmadov, Sharkich. 

Nasaf” — Umid Ergashev, Dilshod Saitov, G‘olib G‘aybullayev, Umar Eshmurodov, G‘olib G‘aybullayev, Sherzod Nasrullayev, Akmal Mozgovoy, Marko Stanoyevich (Abduraximov), Akmal Mozgovoy, Ivan Solovyov (Xolmurodov), Sharof Muhidinov, Suhrob Nurulloyev (Aliqulov), Husayn Norchayev.

Zaxira: Soyibov, Ne’matov, Davronov, Aliqulov, Rahmatov, Abdurahimov, Akramov, Sa’dullayev, Xolmurodov.

Ogohlantirish: Farruh Sayfiyev, 12, Marko Stanoyevich, 19, Ikrom Aliboyev, 53, Quvvatov, 76, Cheran, 84, Hamrobekov 86

Kiritildi: 17:58, 27.02.2022.
O'qildi: 2617 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик