Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

"Navbahor" taqdimot marosimini o‘tkazdi

"Navbahor" taqdimot marosimini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Bugun Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida “Navbahor”ning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Marosimdan oldin mazkur majmuaga yig‘ilgan mingdan oshiq muxlislarga viloyatimiz san’atkorlari o‘zlarining dilrabo kuy-qo‘shiqlarini havola etishdi.

Marosimda klub vakillari bilan birga Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov va viloyat sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi. Viloyatimiz rahbari hamda rasmiy mehmonlar jamoa futbolchilariga yangi mavsumda to‘p tepadigan raqamlari yozilgan futbolkalarni topshirishdi. 

Unga ko‘ra, 2022 yilgi mavsumda darvozabonlar – O‘tkir Yusupov – 1, Rahimjon Davronov – 35, Ozodbek Ma’rupov – 41, himoyachilar – Yegor Krimes – 2, Boyan Siger – 4, Rustamjon Ashurmatov – 6, Igor Golban – 22, Davronbek Hoshimov – 24, Stanislav Andreev – 28, Muhammadbobir Mo‘ydinov – 70, yarim himoyachilar – Azimjon Ahmedov – 7, Jamshid Iskanderov – 10, Islom Kenjaboyev – 11, Jamshid Boltaboyev – 14, Ehsoni Panshanbe – 17, Nurillo To‘xtasinov – 19, Yovan Jokich – 23, Elguja Grigalashvili – 30, Javohir Husanov – 48, Muzaffar Mo‘minov – 64, Asadbek Sobirjonov – 77,  hujumchilar – Ibrohim G‘anixonov – 9, Zoran Marushich – 32, Andrey Sidorov – 99 – raqamlarda jamoa sharafini himoya qilishadigan bo‘ldi. 

Shuningdek, muxlislarga jamoa murabbiylar shtabi hamda xodimlari ham tanishtirilib o‘tildi. 

Marosim davomida “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Babayan, jamoamiz sardori Azimjon Ahmedov hamda gruziyalik yarim himoyachi Elguja Grigalashvilar so‘zga chiqib, jamoaga yaratib berilgan a’lo sharoitlar uchun Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, klub rahbariyati, shu jumladan, klub prezidenti Otabek Samatovlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, bo‘lajak mavsumda viloyat hokimi, klub rahbariyati va muxlislar ishonchini oqlash uchun bor kuch, mahorat hamda imkoniyatlarini ishga solishlarini e’tirof etishdi. 

Shundan so‘ng, Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov so‘zga chiqib, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev viloyatimizga tashriflari chog‘ida “Namangan o‘zbek futboliga Odil Ahmedov singari iste’dodli, vatanparvar futbolchini yetkazib berganligi bilan faxrlanishi, “Navbahor” muxlislari Angliya. Italiya va Fransiya futbol fanatlaridan qolishmasligi, Namangan shahar va qishloqlarida Odil Ahmedovning izdoshlari yana ko‘plab topilishi, “Navbahor” futbol klubi bazasida “Futbol akademiyasi”ni tashkil etib, Davlatobod tumanini sport shaharchasiga aylantirish” borasida fikr bildirganliklari, Yurtboshimizning ushbu gaplaridan kelib chiqqan holda, nafaqat yurtimiz, balki sobiq ittifoq va Osiyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, milliy chempionatimizning eng sovrindor jamoalaridan biri bo‘lgan “Navbahor”ning oldingi shonli tarixini tiklash maqsadida jamoa tarkibi tajribali va mahoratli futbolchilar hisobiga kuchaytirilib, “Navbahor”ning oldiga yangi mavsumda Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilganligini ta’kidlab, yangi mavsumda “lochinlar”ga omad yor bo‘lishini tiladi. 

So‘ngra, monitorda “Navbahor” Media va matbuot xizmatlari tomonidan tayyorlangan, 2021 yilgi mavsumning eng yorqin lahzalari aks etgan videorolik namoyish etildi.

Marosim yakunida jamoamiz murabbiylar shtabi hamda futbolchilari viloyatimiz rahbari va klub rahbariyati bilan birga esdalik uchun suratga tushishdi. 

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 21:20, 27.02.2022.
O'qildi: 1312 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.