Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Ot jarohati uchun tanqid...

Ot jarohati uchun tanqid...

Baho:
+ | -

«Bavariya»ning tolmas hujumchisi Tomas Myuller hayvonlarni juda yaxshi ko‘radi. Ayniqsa, otlarga mehri boshqacha. Ammo futbolchi yaqinda shaxsiy otxonasidagi voqelik ortidan tanqidlarga uchradi. Tomas o‘tgan yili zotdor otlarni urug‘lantirish biznesiga ham sarmoya kiritgandi. Unga bu jonivorga muhabbat turmush o‘rtog‘i - yarim professional chavandoz Lizadan o‘tgan. Xullas, er-xotin hozirda butun bo‘sh vaqtda shaxsiy ot fermasi bilan shug‘ullanishadi. «Tomasning otlar haqidagi bilimi ko‘pmi yoki mening futbol borasidagi tushuncham? O‘ylaymanki, u otlar masalasida ko‘proq biladi», - deydi Liza.

Tomas Myuller ferma ishlariga sho‘ng‘ish asnosida asablarini tinchlantiradi va bu uning yanada yaxshiroq o‘ynashiga yordam beradi: «Muhim o‘yinlar oldidan jurnalistlar nazaridan chetda bo‘lib, yoqtirgan ishingiz bilan shug‘ullanishingiz muhim, - degandi Myuller bir safar. - Raqib haqida o‘ylayverishdan ko‘ra, asov otni bo‘ysindirishga urinish foydali. Bunda eng kichik jihat hammasini o‘zgartirib yuborishi hech gap emas». «Bavariya» 2018 yilning mart oyida «Frayburg»ni 4:0 hisobida yenggan o‘yinda oxirgi golni Myuller urdi. O‘shanda futbolchi uchrashuvdan so‘ng o‘z golini alohida quvonchli voqeaga bag‘ishlashini yashirmadi: «Bugun fantastik kayfiyatda o‘ynadim, chunki kecha fermamda ilk toychoq tug‘ildi! Xullas, qaysidir ma’noda ota bo‘ldim».

O‘tgan yili esa Myullerning sevimli mash­g‘uloti biznesga aylandi: oilaviy Gut Wettlkam otxonasida zotdor nasllarni urug‘lantirish boshlandi. Yaqinda esa shu fermada bitta noxushlik yuz berdi. Ta’kidlanishicha, D~Avi laqabli ayg‘ir juftlash mavsumiga tayyorgarlik jarayonida arenada sirg‘anib ketib, yonboshi bilan keskin yiqilgan va tuyog‘idan jarohatlangan. «Afsuski, bizda yomon xabar bor. Sevimli ayg‘irimiz - D~Avi yaqin oylarda dam olishi kerak. U o‘ta kuchli ot. Taskin beradigan tomoni, hammasi yanada yomon bo‘lishi hech gap emasdi», - deb yozildi otxonaning «Feysbuk» tarmog‘idagi guruhida. Qo‘shimcha qilinishicha, D~Avi endi juftlasholmaydi va uning urug‘i muzlatilgan holda chegirma asosida sotiladi. Taqqoslash uchun aytsak, oldinroq D~Avining urug‘i 2000 yevroga sotilgan, endi bu summa 200 yevroga tushdi.

Hayvonlarni muhofaza qiluvchi tashkilot - PETA faollari esa Myuller va uning hamxonasini jiddiy tanqid ostiga olishmoqda. «Otlarni yaxshi ko‘rishlarini aytayotganlarning maksimal foyda olish maqsadida ularni g‘ayritabiiy juftlashishga majburlashlari - sof shafqatsizlikdir. Liza va Tomas Myuller nazoratni kuchaytirib, D~Avining jarohatlanmasligini ta’minlashlari mumkin edi...», - dedi PETA vakili Yana Xoger xonim. To‘g‘ri, Tomas va Lizaning aybdor ekanliklari bo‘yicha hech qanday dalil yo‘q. Shunday ekan, bu voqea Kurt Zuma va mushuk videoroligi kabi kuchli nafratga yo‘g‘rilgan reaksiya keltirib chiqarmasa kerak.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:30, 28.02.2022.
O'qildi: 3071 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик