Italiyalik jurnalist Nikolo Skira o‘zining "Tvitter"dagi sahifasida yozishicha, «Milan» hujumchisi Rafael Leau klub bilan yangi shartnoma imzolashga tayyorligini bildirdi.
Rahbariyat ham 22 yoshli portugaliyalik futbolchining maydondagi harakatlaridan mamnun, shu bois u bilan 2026 yilgacha shartnoma tuzadi.
Futbolchining maoshi bonuslar bilan birga yiliga 4,5 million yevrogacha ko‘tariladi.