Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

39 daqiqa ichida poker, «Barselona»ning taklifini rad etish — Yeremi Pino La Liganing yangi yulduzimi?

39 daqiqa ichida poker, «Barselona»ning taklifini rad etish — Yeremi Pino La Liganing yangi yulduzimi?

Baho:
+ | -

Yigitcha 19 yoshigacha nimalar qildi?

«Vilyarreal» 19 yoshli Yeremi Pinoning pokeri evaziga «Espanyol»ni mag‘lub etdi (5:1). Buning uchun futbolchiga 39 daqiqa (14-dan 53-daqiqagacha 4 ta gol urdi) va to‘rtta zarba kerak bo‘ldi. Shunday qilib, yigitcha «sariq suv osti kemasi» tarixiga kirdi va bir vaqtning o‘zida bir nechta muhim rekordlarni yangiladi.

19 yoshda poker (!)

• Pino 19 yosh-u 130 kunligida Ispaniya chempionati tarixidagi to‘rtinchi eng yosh poker qayd etgan futbolchiga aylandi. U Xose Iraragorri (17 yosh-u 344 kun, 1930 yil), Xayme Laskano (19 yosh-u 42 kun, 1929 yil) va Santi Minadan (19 yosh-u 125 kun, 2015 yil) keyingi o‘rinlarni egallaydi.

• Yeremi 1948 yildan beri Ispaniya chempionatining birinchi yarmida uchta gol urgan eng yosh futbolchi. Undan oldin Pablo Olmedo buni 1948 yilning noyabrida ushbu natijani qayd etgan.

• Top-5 liga doirasida esa o‘sha paytda «Renn»da o‘ynab yurgan Usmon Dembele ham birinchi bo‘limda uchta gol urgan edi. Fransuz buni 18 yosh-u 296 kunligida amalga oshirgan. Agar ushbu natijani ham qo‘shib hisoblasangiz, Pino ikkinchi o‘rinda bo‘ladi.

• Eng qiziqarli tomoni shundaki, Yeremi La Ligada 4 marta gol urgan ilk «Vilyarreal»ning ilk futbolchisiga aylangan.

Bu yigitcha haqida nimalarni bilamiz?

Kanar orollaridagi Las-Palmas shahrida tug‘ilgan Pino 2014 yilda shu yerning mahalliy jamoasida o‘ynagan. 2017 yilning iyun oyida Yeremiga «Barselona»ga o‘tishni taklif qilishdi, lekin u «Vilyarreal»ni tanladi. Sababi esa futbolchi kataloniyaliklar jamoasida o‘ynay olishiga ishonmagan: «Vilyarreal» Pinoga 4 yillik shartnoma va ko‘plab bonuslar taklif qildi.

Pino «sariq suv osti kemasi» safiga 2020 yilning yozida qo‘shilgan va uning kattalar futbolidagi debyuti o‘sha yilning oktabr oyida Yevropa ligasi doirasidagi Turkiyaning «Sivasspor» klubiga qarshi o‘yinida bo‘lgan. Shundan so‘ng Yeremi muntazam ravishda maydonga tusha boshladi va hatto ba’zida o‘z nomiga gol ham yozib qo‘yishni boshladi (71 o‘yinda 18 gol va 5 golli uzatmani).

Yevropa Ligasida g‘alaba qozonish orqali Pino turnir tarixidagi g‘olib bo‘lgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu yana bir ajoyib yutuq hisoblanadi.

Terma jamoa miqyosda ham Yeremining ishlari joyida: u Ispaniya yoshlar terma jamoasi sardori hisoblanadi va Luis Enrike boshchiligidagi kattalar terma jamoasi safida ham ikkita o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan.

Maydonda qanday ishlarni bajaradi?

Pino yoshlarga  alohida e’tibor qaratadigan klubda o‘ynagani uchun omadli futbolchi deb qaraladi. Uning asosiy xususiyati dribling: qarshilikni yengib o‘tish, o‘z tezligi bilan raqiblarni ortda qoldirish, aniq pas bera olish va sheriklariga gol urish uchun sharoit yaratib berish. Yeremi maydondagi har bir chiziq uchun kurashadigan futbolchi hisoblanadi.

Pino harakat yo‘nalishini tezda o‘zgartiradi, shuningdek, raqib himoyasini yorib kirishni ham yaxshi uddalaydi.

Shuningdek, Yeremida penaltilar va xavfli jarima zarbalariga olib keladigan qoidabuzarliklarni ishlash qobiliyati ham bor. U to‘pni oyoqning tashqi tomoni bilan mukammal boshqara oladi. Pinoning bo‘yi pastroq (172 sm), lekin tanasi bilan to‘pni ajoyib tarzda yashiradi.

Ammo kamchiliklar ham bor: u butun o‘yinga energiyasini teng sarflash bo‘yicha biroz ishlashi kerak. Ko‘pincha 60-daqiqadan keyin futbolchida charchoq alomatlari sezilib turadi. Keyingi minus shundaki, u darvoza tomon juda kam zarba beradi, shuningdek u tepgan to‘plar odatda juda kuchsiz bo‘ladi.

«Gol urishni unutma!» — shunday qilib, har bir o‘yin oldidan Pinoning otasi o‘g‘liga shunday ko‘rsatma berardi.  «Ammo keyin o‘yin boshlanadi va ... har doimgidek men gol urishni unutib qo‘yaman».

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 17:16, 28.02.2022.
O'qildi: 6408 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.