"Salernitana" yarim himoyachisi Frank Riberi avtohalokatga uchradi, deya xabar beradi klub matbuot xizmati.
"Avtohalokat vaqtida mashinani boshqarmagan futbolchi Frank Riberiga boshidan yengil jarohat tashxisi qo‘yildi va ehtiyot chorasi sifatida bir necha kun dam oladi", - deyiladi klub bayonotida.
Shu tariqa, 38 yoshli yarim himoyachi 7 kungacha maydonga tusha olmaydi. Katta ehtimol bilan u A Seriyaning "Inter" bilan o‘yinida qatnashmaydi. Joriy mavsumda futbolchi A seriyada 16 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













