Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

«Benfika» «fabrikasi» haqida bularni bilarmidingiz?

«Benfika» «fabrikasi» haqida bularni bilarmidingiz?

Baho:
+ | -

«Benfika» joriy mavsum ichki chempionatda ham xalqaro maydonda ham ancha ishonchli o‘yin namoyish etmoqda. Portugaliya grandi yetti marta Chempionlar ligasi finalida ishtirok etganidan xabaringiz bor. So‘nggi paytlarda Portugaliya futbolida ustunlik qilishda davom etib kelayotgan jamoa so‘nggi sakkiz mavsumning beshtasida mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan.

«Benfika»ning so‘nggi bir necha yil ichidagi muvaffaqiyatlarini yanada ta’sirliroq qiluvchi narsa shundaki, «burgutlar» muntazam ravishda o‘z yetakchilarini Yevropaning top-klublariga sotib keladi. «Benfika»ning asosiy tarkibi har mavsum olidan doimiy ravishda o‘zgarib turadi, biroq jamoa muntazam tarzda boshqa klublarga ketgan futbolchilarning o‘rnini mahorat bilan almashtira olgan.

Quyida «Benfika»ning 2013 yildan beri futbolchilar sotuvidan ko‘rayotgan foydasi haqida qisqacha to‘xtalamiz.

2013/14 yiylgi mavsum

Sotilgan: Nemanya Matich «Chelsi»ga 25 million yevroga

Xarid: «Olimpiakos»dan Lyubomir Feysa 4,5 million yevroga

Matich 2011 yilda «Benfika»ga kelgan edi. Ammo Portugaliyada o‘tgan bir necha ajoyib mavsumidan so‘ng 2014 yilning yanvarida «Stemford Brij»ga qaytadi. «Benfika» Matichning ketishiga oldindan tayyorgarlik ko‘rgan, chunki 2013 yilning yozida top klublardan Nemanyaga qiziqish bildirilgan edi. Shu bois, o‘sha yozda «burgutlar» «Olimpiakos»dan uning hamyurti Lyubomir Feysaning transferini amalga oshirdi. Shu boisdan «Benfika» yanvarda Matichni sotishga rozi bo‘lgan.

Feysa «burgutlar» safida yetti yil davomida o‘ynadi. 2019/20 yilgi mavsum uning faoliyatidagi so‘nggisi edi. U 12 yil ichida liga chempionligini qo‘lga kirita olmagan (2008 yilda «Partizan»dagi o‘yinlaridan boshlab). 2020 yilga kelib Feysa bir qator jarohatlarga duch keldi, shuning uchun u Saudiyaning «Al-Ahli»siga jo‘nab ketishga majbur bo‘ldi va joriy yildan boshlab «Partizan»da o‘ynab kelmoqda.

Sotilgan: Enzo Peres «Valensiya»ga 25 million yevroga

Xarid: 5,5 million yevro evaziga «Braga»dan Pissi

Aslida, Pissi Enso Peres 2014 yil dekabrida «Valensiya»ga sotilishidan 18 oy oldin «Benfika» bilan shartnoma imzolagan edi. Biroq 2013/14 yilgi mavsumni «Espanyol»da ijara asosida o‘tkazgan va «Estadio da Lush»ga qaytdi.

Ispaniyadagi faoliyati davomida asosan hujumchi sifatida o‘ynagan Pissi, «Benfika»ga qaytganidan so‘ng markaziy yarim himoyada o‘ynab, so‘nggi pleymeykerga aylandi. Pissi 2018/19 yilgi mavsumgacha markaziy yarim himoyachi sifatida o‘ynashni davom ettirdi, shundan so‘ng u hujumning o‘ng tomoniga ko‘chdi. U «Benfika» safida barcha musobaqalar doirasida 360 ta o‘yin o‘tkazib, 94 ta gol urdi va 96 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi joiriy mavsumdan «Istanbul Bashakshehir»ga ijaraga berilgan.

2014/15 yilgi mavsum

Sotilgan: Yan Oblak «Atletiko Madrid»ga 15 million yevroga

Xarid: Ederson «Riu Ave»dan 500 000 yevroga

«Benfika» Oblakni sotib yaxshigina pul ishlab topdi. Klub sloveniyalik darvozabonni «Atletiko Madrid»ga 15 million yevroga sotib yuborgan. Yan ko‘pincha ijaraga berilgan va faqat 2013/14 yilgi mavsumdagina «Benfika»da muntazam o‘ynay boshlagandi. Portugaliya klubi avvaliga Oblakning o‘rnini Xulio Sezar, keyin esa 2015/16 yilgi mavsumning ikkinchi yarmidan «burgutlar» safida debyut qilgan boshqa braziliyalik Ederson egalladi.

Shundan so‘ng Ederson 2016/17 yilgi mavsumni ajoyib tarzda o‘tkazdi. U Portugaliya chempionatining 27 ta o‘yinida maydonga tushib, ularning 18 tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi va ushbu natijalar «Manchester Siti»ning e’tiborini tortdi. Keyinchalik «shaharliklar» Edersonni 41,5 million yevroga sotib olishdi.

2015/16 yilgi mavsum

Sotilgan: Rodrigo «Valensiya»ga 30 million yevroga

Xarid: Konstantinos Mitroglu «Fulxem»dan 7 million yevroga

Mitroglu «Fulxem»da o‘zini ko‘rsata olmadi. 2014 yilda londonliklar yunon futbolchisi uchun rekord darajadagi summa - 12 million funt to‘lashgan edi. Ammo hujumchi jamoa uchun bor-yo‘g‘i 3 ta o‘yin o‘tkazib, bu vaqt oralig‘ida gol ura olmadi. Ammo Konstantinos «Benfika»da o‘z darajasini ancha oshirib oldi. 2015/16 yilgi mavsumda Mitroglu 45 ta o‘yinda 25 ta gol urdi va bu «burgutlar»ning transferi uchun yetarli bo‘ldi. Portugaliya klubi bu borada adashmadi, chunki ikkinchi mavsumda grek bundan ham ko‘proq - 27 ta gol urishga erishdi.

Mitrogluning statistikasini Rodrigoning «Valensiya»dagi natijalari bilan solishtirsangiz, hammasi oydinlashadi. Negaki, «ko‘rshapalaklar» tarkibida 6 mavsum davomida ispaniyalik hujumchi 220 ta o‘yin o‘tkazib, 59 ta gol urdi, bu Mitrogluning «Benfika»da 2 mavsumda urgan gollaridan atigi 7 taga ko‘p degani. Ammo «Valensiya» Rodrigo uchun to‘langan pullarni qoplab oldi, chunki 2020 yilning yozida Rodrigo «Lids»ga 30 million yevro evaziga yo‘l oldi.

2017/18 yilgi mavsum

Sotilgan: Viktor Lindelyof «Manchester Yunayted»ga 36 mln yevroga

O‘rniga: Akademiyadan Ruben Diash

Lindelyof akademiyadan asosiy jamoa safiga qo‘shilgach, «Benfika»ning markaziy zonasini kuchaytirdi. U «Manchester Yunayted»ga o‘tganida uning o‘rnini «Benfika B»ning boshqa bir o‘yinchisi Ruben Diash egalladi. Ruben darhol «burgutlar» himoyasining markazida asosiy o‘yinchiga aylandi va jamoasi uchun o‘sha mavsum jami 60 ta o‘yinning atigi 5 tasini o‘tkazib yubordi xolos. Albatta, bu katta natija va mehnat samarasidir. Ushbu faktor shubhasiz, «Benfika»ga Portugaliya chempionligini qo‘lga kiritishda katta yordam berdi. Bir yil o‘tgach, Diash «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tdi va u yerda «shaharliklar» uchun birinchi mavsumidayoq Premyer-ligada mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi, Chempionlar ligasining eng yaxshi himoyachisi va «Manchester Siti»da yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinlarini qo‘lga kiritdi. Joriy mavsum esa Ruben manchesterliklarning vise-sardoriga aylangan.

2019/20 yilgi mavsum

Sotilgan: Joau Feliks «Atletiko Madrid»ga 126 million yevroga

Xarid: Chikinyo «Moreyrense»dan 5,2 million yevroga

Ushbu xarid «Benfika»ning so‘nggi yillar ichida transferlar bozoridagi eng katta xatolaridan biri bo‘lishi mumkin. Yosh bo‘lishiga qaramay, Feliks «burgutlar»ning yetakchisi edi va ketganidan so‘ng portugalning o‘rnini to‘ldirishning iloji bo‘lmadi. 2019 yilning yozida «Benfika» Feliksning o‘rnini egallashi uchun ikkita hujumkor o‘yinchi bilan shartnoma imzoladi. Bu ikki transfer ichida Chikinyo maydonda o‘ynagan rolini hisobga olsak, kam mehnat qilmadi. Ammo, u Feliksning muvaffaqiyatlarini takrorlay olmadi. U liganing 43 o‘yinida atigi 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi va hozirda «Giresunspor»da ijara asosida o‘ynamoqda.

Kiritildi: 21:45, 28.02.2022.
O'qildi: 2985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.