Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Paxtakor» yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirdi

«Paxtakor» yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirdi

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bugun yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirish marosimini o‘tkazdi. Anjumanda klub raisi o‘rinbosari Dilshod Karimov, bosh direktor Dmitriy Adisman, bosh murabbiy Slavche Voyneski, yangi futbolchilar - Oliver Sharkich, Kamen Xadjiyev, Aleksey Larin, Ikrom Aliboyev, Sardor Rashidov, Mirjahon Mirahmadov, Jasur Yoqubov ishtirok etmoqda.

Karimov: - Assalomu alaykum. Barchangizni bu yerda ko‘rib turganimdan xursandman. Ushbu mavsumda ko‘p jamoalar tarkibiga yangi o‘yinchilarni jalb qildi, murabbiylarni taklif etishdi. O‘zbek futboli rivoji uchun bu ijobiy holat. Intriga keskin bo‘ladi degan umiddaman. Biz ham yangi murabbiy bilan shartnoma imzoladik, yangi futbolchilar kelib qo‘shilishdi. Mavsumni Superkubokni yutish bilan boshladik. Hali yana sovrinlarga erishamiz deb umid qilaman.

Sharkich: - Klub juda yaxshi va tashkiliy masalalar ajoyib yo‘lga qo‘yilgan. Mavsumga yaxshi tayyorlandik va yakshanba kuni Superkubokda g‘alaba qozondik. Endi oldimizda Superliga va boshqa musobaqalarda yaxshi ishtirok etish vazifasi turibdi.

Yoqubov: - "Paxtakor" tarkibiga qaytganimdan baxtiyorman. Nasib qilsa, yaxshi o‘yinlar ko‘rsatib, muxlislar ishonchini oqlash va jamoaga foyda keltirishga harakat qilaman.

Xadjiyev: - Superkubok bahsida bizni muxlislar ajoyib qo‘llab-quvvatlashdi. Birinchi sovringa erishdik. Mavsum oxirida ko‘proq sovrinlar bilan o‘tiramiz degan umiddaman.

Rashidov: "Paxtakor" - katta klub. Superkubok yoniga mavsum yakunida Superliga va O‘zbekiston Kubogini qo‘shib qo‘yishga urinamiz.

Larin: "Paxtakor" katta jamoa va barcha ishlar juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Mashg‘ulot va o‘yinlarda yaxshi mehnat qilgan holda o‘zimizdan kutilgan natijalarni ko‘rsatishga intilamiz.

Aliboyev: - "Paxtakor" men uchun begona emas. Faoliyatimni shu yerda, klub akademiyasida boshlaganman. Bu yerda debyutimda Superkubokni qo‘lga kiritdik. Hali yana boshqa sovrinlarga ega chiqishni istayman.

Mirahmadov: - Yigitlar deyarli barcha narsani gapirib bo‘lishdi. Ular aytgandek, hamma sovrinlarga erishishni xohlaymiz. O‘zimga ishonaman. Asosiy tarkibdan joy olib, muhim gollar urishga harakat qilaman.

Sharkich: - O‘zimni ko‘rsatishga tayyorman. Meni bu yerga taklif etishda adashishmaganini isbotlashni istayman. Ularning ishonchini oqlashga bor kuchimni beraman. Ishqibozlarni chiroyli o‘yinlar bilan xursand etishni xohlayman.

Yigitlar birinchi kunlardanoq men bilan do‘stona munosabatda bo‘lib, yordam berishga tayyor holatda turishibdi. Ko‘p futbolchilar inglizchada gaplasha olishadi - Cheran, Rashidov, Aliboyev bilan muloqot qilib, ko‘p narsalarni o‘zlashtirib boryapman.

Voyneski: - Har bir ligani yutish qiyin. Hech bir  joyda sovringa ega chiqish oson emas. Superkubok o‘yini qanchalik og‘ir kechganini hamma ko‘rdi. Har bir jamoa bizga jiddiy qarshilik ko‘rsatishga urinadi. Chempionlar Ligasida guruhdan chiqishni istaymiz. O‘yinlar Ramazon oyida bo‘ladi va biz barchani hisobga olishimiz kerak. Biz har 4-5 kunda maydonga tushishimiz lozim. Shunday tig‘iz taqvimda o‘ynaymiz. Aprel va mayda juda ko‘p o‘yinda maydonga tushamiz. Bu holatda barcha kichik jihatlargacha e’tibor qaratamiz. Milliy terma jamoada ham o‘nga yaqin futbolchi to‘p tepadi.

Rashidov: - O‘zimni yaxshi his qilyapman. Bugungi mashg‘ulotda qatnashaman. Superkubok o‘yinidagi kichik jarohatim o‘tib ketdi.

Aliboyev: - Alohida o‘yinlarda emas, balki butun mavsum mobaynida o‘zimning borimni berishga harakat qilaman.

Mirahmadov: - Har bir bellashuvda raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar "Paxtakor" uchun foyda keltirishga intilaman.

Xadjiyev: - Raqibning ahamiyati yo‘q. Borimizni berishga harakat qilamiz.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 12:18, 01.03.2022.
O'qildi: 2596 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.