«Lasio» yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich keyingi mavsumda rimliklar safida qolmaydi.
Futbolchi jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi. Italiya matbuoti «Yuventus»ni Milinkovich-Savich uchun asosiy da’vogar deb hisoblamoqda.
Shuningdek, futbolchi uchun poygada «Manchester Yunayted» va «Real» ham ishtirok etadi. Transfermarkt portali Milinkovich-Savichni 70 million yevroga baholamoqda.
Milinkovich-Savich joriy mavsumda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.