Ukrainadagi voqealar fonida Yevropa davlatlari tomonidan qabul qilingan sanksiyalar nafaqat Rossiya iqtisodiyotiga, balki Angliya Premyer-ligasining ayrim klublariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Keyingi «qurbon» «Everton» bo‘lishi mumkin.
«Irislar» rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov kompaniyasi bilan bog‘liq bo‘lib, u Yevropa Ittifoqi va AQSH sanksiyalariga birinchilardan bo‘lib tushgan.
Usmonovning Yevropa Ittifoqidagi aktivlari muzlatilganligi sababli, «Everton» moliyaviy zarar ko‘rishi mumkin, deb yozadi The Sun.