Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

O‘zbekiston Superligasi-2022. Jamoalar yangi mavsumga tayyormi? (1 qism)

O‘zbekiston Superligasi-2022. Jamoalar yangi mavsumga tayyormi? (1 qism)

Baho:
+ | -

    O‘zbekiston Superligasiga start berilishiga bir necha kun qoldi. Yurtimiz futboliga befarq bo‘lmagan deyarli har bir muxlis yangi mavsumni kutishayotgani turgan gap. O‘tgan mavsumdagi intrigalardan so‘ng bu yilgi musobaqa ham qiziqarli o‘tishi shubhasiz. Xo‘sh klublarimiz yangi mavsumga qay darajada tayyor? Ular bu mavsum ham bizga qiziqarli va murosasiz kurashlarni taqdim etarmikin?

   “Paxtakor” (Toshkent)

“Sherlar”ning bir nechta asosiy tarkib futbolchisi jamoani tark etdi. Murabbiy almashinuvi ham klubga yomon ta’sir etishi mumkin. Ammo “Nasaf”ga qarshi superkubok o‘yini poytaxt jamoasini bu mavsum ham chempionlikka asosiy da’vogar ekanligini ko‘rstib berdi. Slavche Voyneski shogirdlari bu yilgi mavsumda o‘z oldiga chempionlikni maqsad qilganligi aniq. Jamoa o‘yinidagi asosiy ustun Dragan Cheran bo‘lishi shubhasiz. Uning ustiga “Paxtakor”da yaxshigina yosh futbolchilar va tajriba uyg‘unligi ham bor. Uning ustiga Sardor Rashidovning klub safiga kelib qo‘shilgani foydadan holi bo‘lmadi. “Sherlar” bu mavsum ham favaritlar qatorida tilga olinadi. Ammo ulardan o‘tgan yiligidek yakka peshqadamlikni kutish biroz noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki ularning raqiblari ham anchagin kuchayishga muvaffaq bo‘ldi.

 “So‘g‘diyona” (Jizzax)

Bundan 4-5 yil oldin jizzaxliklar O‘zbekiston superligasi (o‘sha vaqtda oliy liga) autsayderlaridan biri edi. Klubga Ulug‘bek Baqoyevning murabbiy bo‘lishi hammasini tubdan o‘zgartira oldi. O‘zbekiston “Atletiko”si nomi ularga bekorga berilmadi. Jamoaning asosiy ustunligi tartibli himoyada. Ushbu mavsum ham klub katta ehtimol bilan himoyaviy o‘yin namoyish etadi va o‘ziga kerakli ochkolarni jamg‘aradi. Jamoa transfer oynasida asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblangan Jamshid Boltaboyevdan ayrilgan bo‘lsa, bir nechta yaxshigina transferlarni ham amalga oshirdi. Jumladan, Bobur Farxodov va Yure Obshuvachlar o‘rtoqlik o‘yinida o‘zlarini ko‘rsata oldi. “Bo‘rilar”ning asosiy yutug‘i, ular o‘tgan mavsumdagi jamoaning asosini saqlab qola olishdi. Bu mavsum jizzaxliklarga qiyin kechishi aniq. Negaki har bir jamoa ularga qarshi o‘yin oldidan har qachongidan ham ko‘proq tayyorgarlik ko‘rishi turgan gap. “So‘g‘diyona” o‘tgan yili ko‘rsatgan natijasi tufayli bu mavsum chempionligiga davogar sifatida ko‘rishimizga haqlidir.

 “Navbahor” (Namangan)

 Transfer oynasi ochilishi bilan hammani lol qoldirib charchamagan namanganliklar bu mavsum chempionlik uchun asosiy davogarlar qatoriga kirmoqda. “Lochinlar” jamoada keng ko‘lamdagi islohotlar olib bordi va tarkibni deyarli yanglab oldi. Bir qancha yulduz futbolchilarni tarkibiga jalb qilgan jamoadan yaxshi natijalar kutilishi turgan gap. Har mavsum jamoa tarkibini kuchaytirardi va oxirida ular kutgan natija kuzatilmas edi. Namanganliklar bu mavsum hattoki klub logosini ham almashtirdi va yangi logoda chempionlikni istyotgani ham xaqiqat. Kutamiz kuzatamiz klub bu mavsum qanday natija ko‘rsatar ekan.

“Nasaf” (Qarshi)

 Ro‘ziqul Berdiyev “Nasaf”ning avsonasi desak mubolag‘a ishlatmagan bo‘lamiz. Murabbiy jamoada ko‘plab iqtidorlarni o‘zbek futboliga olib kirdi. Uning qo‘li ostida tanilgan ko‘plab futbolchilar boshqa jamoalarga ketib qolsada mutaxassis yangi iqtidorlar bilan ularning o‘rinini to‘ldira oldi. Bu mavsum qarshiliklar avvalgi mavsumga qaraganda kuchliroq ko‘rinmoqda. Kuchli tarkib, saviyali murabbiy va ajoyib muxlislar jamoaga kerakli motivasiyani berishi shubhasiz. “Ajdarlar” tarkibida yosh futbolchilar juda ham ko‘p. Uning ustiga jamoada sifatli ligeonerlar ham topiladi. Jamoaning asosiy yulduzi Husayn Norchayevning “Nasaf”ni tark etmagani ko‘plab muxlislarga manzur kelgan bo‘lsa ajab emas. “Ajdarlar” bu mavsum O‘zbekiston chempioni bo‘lsa ajablanish kerak emas.   

Davomi bor.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:06, 01.03.2022.
O'qildi: 2259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.