Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

«Natija ko‘rish uchun kamida 10–15 yil kutish kerak». O‘FA 2022 yilgi rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdi

«Natija ko‘rish uchun kamida 10–15 yil kutish kerak». O‘FA 2022 yilgi rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan 1 mart, seshanba kuni 2022 yilgi rejalar, terma jamoalar faoliyatini sarhisob qilish maqsadida matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqida «Daryo» muxbiri xabar bermoqda.

Anjumanda O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov, assosiasiya vise-prezidenti Odil Ahmedov, O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Srechko Katanes, ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Honda Midori, bosh kotib Avaz Maqsumov, terma jamoalar bo‘limi rahbari Usmon Toshev, O‘FA media bo‘limi rahbari Davron Fayziyev va boshqalar ishtirok etdi.

O‘FA terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Usmon Toshev milliy terma jamoalarning 2022 yilgi rejalari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining iyun oyidagi Osiyo Kubogi—2023 saralash bahslaridagi raqiblari haqidagi savolga bosh murabbiy Srechko Katanes javob berib o‘tdi.

"Guruh bosqichida favoritmiz? Men bunday yondashuvni yoqtirmayman. Jamoalarga past baho berish, yaxshi jamoa, yomon jamoa, deyish yaxshimas. Uzr, lekin men buni yoqtirmayman. O‘zim futbolchi bo‘lganman, hozirda terma jamoa murabbiyiman va shunday holatlar bo‘lgan, kuchsiz jamoalarga yutqazganman. Albatta, biz yaxshimiz. Lekin raqiblarni hurmat qilishimiz lozim. Iyunda bizga raqib bo‘ladigan jamoalarga hurmat bilan qarashimiz kerak. Futbolchilar ham bu narsalarni eshitsa, motivasiyasi pasayadi. Shuning uchun OAV vakillaridan bunday holatda ehtiyot bo‘lishini so‘rab qolardim.



Favorit bo‘lsak-da, futbol 0:0 hisobi bilan boshlanadi. Saralash o‘yinlaridan oldin «chiqib bo‘ldik» degan fikrlarni aytmaslik kerak. Ular himoyaviy o‘yin qiladigan jamoalar, shuning uchun o‘zimizni sinab ko‘rishga imkon bo‘ladi. O‘zim uchun kerakli ma’lumotlarni olaman, bu uchrashuvlarda", — dedi Katanes.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi kattaroq jamoalarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi savolga Ravshan Ermatov javob berdi.

"Terma jamoa bir marta Jahon Chempionatiga chiqsa, kattaroq natijalarga erishsa, u jamoalarni o‘zi O‘zbekistonga kelishga ishqiboz bo‘ladi. Mana, futzal natijalarni ko‘rsatdi, Argentina futzal terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yiniga kelishga rozi bo‘ldi. Futzal O‘zbekistonda yaxshi, saviyali jamoa borligini ko‘rsatdi. Sentyabr oyida top-jamoa bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish rejamizda bor", — dedi Ravshan Ermatov.



"Muhokamalarni eshitdim. Terma jamoalar haqida, akademiyalar haqida. Hammasi sekin-sekin bo‘ladi. Bu narsa juda uzoq vaqt talab qiladi. Akademiya, boshqa sferalar juda katta loyihalar hisoblanadi. 3 yil ichida hech qanday natija bo‘lmadi deyildi, keyingi 3 yildayam natija kutish noto‘g‘ri. Natija ko‘rish uchun kamida 10–15 yil kutish kerak. Buning uchun barcha infrastruktura bo‘lishi kerak, murabbiylar bo‘lishi lozim, barchasini boshqara oladigan menejerlar kerak, oson jarayon emas. Mendan darhol natija so‘rashingiz mumkin. Iyun oyida natija ko‘rsatishim kerak", — deya ishshimcha qildi O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:33, 02.03.2022.
O'qildi: 1543 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик