"Atletiko" yarim himoyachisi Ektor Errera faoliyatini MLSda davom ettiradi. Jurnalist Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, yaqin orada u "Xyuston Dinamo" bilan shartnoma imzolaydi.
Yarim himoyachining “Atletiko” bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Shu tariqa, yozda 31 yoshli meksikalik erkin agent sifatida Xyustonga o‘tadi.
2021/22 yilgi mavsumda Errera barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, gol urmagan.