Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

“Bunyodkor” – “So‘g‘diyona” uchrashuvi “Lokomotiv” stadionida o‘tadi

“Bunyodkor” – “So‘g‘diyona” uchrashuvi “Lokomotiv” stadionida o‘tadi

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superliga 1-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “So‘g‘diyona” bahsi 3 mart, payshanba kuni “Bunyodkor” stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. 

Ma’lumki, shu yilning iyun oyida O‘zbekistonda U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi va mazkur musobaqaning hal qiluvchi o‘yinlari aynan “Bunyodkor” stadionida tashkillashtirilishi rejalashtirilgan. Stadion maysasiga mas’ul mutaxassislarning o‘rganish natijalariga ko‘ra, maydon maysasi hali uchrashuvlarni to‘liq qabul qilishga tayyor emas va hozir o‘yin o‘tkazilishi chimga ziyon yetkazishi mumkin. 

Shuni inobatga olgan holda “Bunyodkor” – “So‘g‘diyona” uchrashuvi “Lokomotiv” stadionida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:09, 02.03.2022.
O'qildi: 1745 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик