Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Ilhom Mo‘minjonov: Bu yil oldimizga kuchli uchlikka kirish vazifasi qo‘yilgan.

Ilhom Mo‘minjonov: Bu yil oldimizga kuchli uchlikka kirish vazifasi qo‘yilgan.

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 1-tur doirasida bo‘lib o‘tgan "Neftchi" - "Qo‘qon-1912" (1:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi tashkil etilgan matbuot anjumanida mezmbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘mijonov ishtirok etdi. 

— Farg‘onalik barcha futbolsevar muxlislarimizni va o‘z shogirdlarimni qo‘lga kiritilgan birinchi g‘alaba bilan tabriklayman.Bu yil oldimizga rahbariyatimiz tomonidan kuchli uchlikka kirish vazifasi qo‘yilgan va bu vazifani bajarishimiz shart. Shu maqsadda o‘quv-yig‘in jarayoniga jamoamizning falsafasiga monand futbolchilarni taklif qilishga harakat qildik va astoydil shug‘ullandik.

Bugungi o‘yinga kelsak, har ikki jamoa ham ehtiyotkorona o‘yin namoyish etdi, deb o‘ylayman. Birinchi bo‘limni yutishimiz kerak edi,chunki yaqqol ikkita golli vaziyatdan unumli foydalana olmadik.Lekin, yakunda baribir g‘alaba qozonishga erishdik.

Jamoamizda hozirgi kunda bir nechta asosiy o‘yinchilarimizda jiddiy jarohatlari bor.Ammo, zaxira tarkibimizdagi futbolchilarimiz ham deyarli bir hil saviyaga ega.

Bugungi raqibimizning tayyorgarlik jarayonidagi o‘tkazgan nazorat o‘yinlarini o‘rganib chiqqan holda o‘yin uslubimizni ishlab chiqdik va shu asosda harakatlandik. Qo‘qon jamoasiga esa keyingi uchrashuvlarda g‘alabalar tilab qolaman, -deydi brsh murabbiy.

Kiritildi: 22:29, 02.03.2022.
O'qildi: 1204 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.