Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Abramovich: "Chelsi"ni bu tarzda tark etish men uchun og‘ir, men klub manfaatini o‘yladim"

Abramovich: "Chelsi"ni bu tarzda tark etish men uchun og‘ir, men klub manfaatini o‘yladim"

Baho:
+ | -

Roman Abramovich «Chelsi»ning sotilishi haqida bayonot berdi.

«OAVda «Chelsi»ga egalik qilishim haqidagi taxminlarga izoh bermoqchiman.

Yuqorida aytganimdek, men har doim klub manfaatini ko‘zlab qarorlar qabul qilganman. Shu bois, hozirgi vaziyatda klubni sotishga qaror qildim, chunki bu klub, muxlislar, xodimlar hamda klub homiylari va hamkorlari manfaatiga to‘g‘ri keladi, deb hisoblayman.

Klubning sotilishi tezlashtirilmaydi, balki belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Men qarzlarni qaytarishni so‘ramayman. Men uchun bu har doim biznes yoki pul haqida emas, balki o‘yin va klubga bo‘lgan sof ishtiyoq haqida bo‘lgan.

Bundan tashqari, men o‘z jamoamga savdodan tushgan barcha sof daromadlarni oladigan xayriya jamg‘armasini yaratishni buyurdim. Jamg‘arma Ukrainadagi barcha jabrdiydalarning manfaatlarini ko‘zlab tuziladi. Bu jabrlanganlarning favqulodda va tezkor ehtiyojlarini qondirish uchun mablag‘lar bilan ta’minlash, shuningdek, uzoq muddatli tiklanish sa’y-harakatlarini, qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.

Bilingki, bu juda og‘ir qaror edi va shu tarzda klubni tark etish menga og‘riq keltirdi. Biroq, bu klub manfaatlariga mos kelishiga ishonaman.

Umid qilamanki, "Stemford Bridj"ga oxirgi marta tashrif buyurib, barchangiz bilan shaxsan xayrlashaman. «Chelsi»ning bir qismi bo‘lish bir umrlik sharaf edi va men birgalikda erishgan barcha yutuqlarimizdan faxrlanaman. «Chelsi» futbol klubi va uning muxlislari doim mening yuragimda bo‘lishadi”, — dedi Abramovich o‘z bayonotida.

Kiritildi: 23:48, 02.03.2022.
O'qildi: 4108 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.