Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Loaqal uyda tinchlik saqlasang-chi...?!

Loaqal uyda tinchlik saqlasang-chi...?!

Baho:
+ | -

Shteffen Baumgart chindan ham, Bundesligadagi eng ehtirosli murabbiy ekanligini yana bir bora isbotladi. «Kyoln» ustozi koronavirusga topshirgan test tahlili ijobiy natija bergani tufayli «Frayburg»ga qarshi o‘yinni oilasi davrasida, yumshoq divanda kuzatishga majbur bo‘ldi. Biroq o‘sha mashhur kepkasini kiyib olgan Shteffen  vaqt o‘tgani sayin uyda ekanligini butunlay unutib, o‘zini xuddi stadion maydoni chetida turgandek tutdi: baqirdi, televizorga qarab, kimgadir dakki berdi, hattoki, gohida so‘kinishdan ham tiyilgani yo‘q.

Shteffen Baumgart tomosha davomida klub videotahlilchisiga qo‘ng‘iroq qilib, baqirishgacha bordi: «Kechirasan, hozir kimgadir baqirmasam bo‘lmaydi! O‘yin boshidan buyon atrofimdagilarga tinmay qichqiryapman, ammo ko‘nglim joyiga tushmayapti». Eng qizig‘i, bu oraliqda ehtirosli murabbiyni faqat eng yoqimtoy yordamchisi - Yori laqabli iti tinchlantirishga urindi. Aslida Shteffenning bu «jinni»ligi uy ichidan chiqmasligi ham mumkin edi, biroq murabbiyning qizi o‘yin payti otasi qanday holatga tushganini kameraga yozib, barchasini ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.

Baumgartning o‘zi keyinchalik o‘z xatti-harakatini oddiygina izohladi: «Yo‘q, jamoam, shogirdlarim o‘ynayotgan vaqt divanda jimgina o‘tiradigan odam emasman. O‘sha lahzalarda o‘zimni maydon chetida turgandek his qildim: tinmay u yoqdan buyoqqa yurdim, vaqti-vaqti bilan televizorga qarab baqirdim. Hammasi tabiiy...». Aftidan, Shteffenning jon kuydirishi jamoaga ta’sir qilgan ko‘rinadi. Har holda, «Kyoln» murakkab tus olgan uchrashuvni Antoni Modest urgan yagona gol evaziga o‘z foydasiga hal qildi. Umuman, o‘yinning o‘zi ham hissiyotlarga boy bo‘ldi: «Frayburg» vakillari qator vaziyatlarda gol urishga juda yaqin kelishdi, faqat «echkilar» darvozaboni Marvin Shvabe sehrli «seyv»lar asnosida jamoasini qutqarib qoldi. U ojiz qolgan bir holatda esa, hakam passiv o‘yin­dan tashqari holat tashxisi bilan «Frayburg» golini inobatga olmadi.

Baumgart «Kyoln» boshqaruvini o‘tgan yozda qo‘lga oldi. U bunga qadar «Paderborn»ni shug‘ullantirib, 5 yil oralig‘ida kamtarin jamoani uchinchi diviziondan Bundesligaga olib chiqqandi. Shteffen yangi klubda ham allaqachon hurmat topishga ulgurdi. Deylik, bir necha oy oldin «Kyoln» yetakchisi Modest o‘z golini murabbiy oldida raqs tushish bilan nishonlagandi. Bunda uning Shteffen boshidagi kepkasini kiyib olgani umumiy manzaraga qo‘shimcha chiroy bag‘ishladi. Yanvar oyida esa murabbiy 50 yoshga to‘ldi va klub vakillari unga yasama Stffn Bmgrt Whisky shishasini sovg‘a qilishdi.

Kyolnda hamma murabbiyni yaxshi ko‘radi. Deylik, mahalliy Express gazetasi «Frayburg»ga qarshi o‘yin oldidan butun bir sahifada Shteffen yuzini aks ettirdi. Eng muhimi, Baumgart xushchaqchaqlikni yaxshi natijalar bilan uyg‘unlashtirmoqda. Har holda, o‘tgan mavsum Bundesligada «jon» saqlab qolish uchun kurashgan «Kyoln» ayni payt yevrokuboklar yo‘llanmasini ko‘zlamoqda.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:47, 03.03.2022.
O'qildi: 1323 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.