Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

«PSJ»ga qarshi o‘yinda «Real» zarariga ishlaydigan omillar

«PSJ»ga qarshi o‘yinda «Real» zarariga ishlaydigan omillar

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan dastlabki o‘yinda «PSJ» o‘z uyida «Real»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchta sabab borki, ular «Santyago Bernabeu»da ham parijliklar foydasiga ishlashi mumkin.

Mbappe hamon «PSJ» futbolchisi

Kilian Mbappe kelasi mavsumda qaysi jamoada o‘ynashidan qat’i nazar hozirda «Pari Sen-Jermen» a’zosi hisoblanadi va u o‘z klubi uchun jon-jahdi bilan harakat qilmoqda. Aynan uning mahorati evaziga "PSJ" dastlabki o‘yinda g‘alaba qozonishdi. 23 yoshli futbolchi hozirda yuqori formada ekani inobatga olinsa, ayniqsa, Messi ham jamoaga moslashib borayotganini hisobga olsak, Mbappe Madridda ham o‘zini ko‘rsatishi mumkin.

Messi «Bernabeu»da o‘ynashni yaxshi ko‘radi

Maydonda Mbappe, Neymar va Messi kabi futbolchilar bor ekan, «Real Madrid» o‘z e’tiborini faqat bir futbolchiga qaratish bilan cheklanib qola olmaydi. Argentinalik futbolchi "el-klasiko"lar tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U "Qirollik klubi"ga qarshi 46ta o‘yinda ishtirok etib, 26ta gol urgan. Bu gollarning 15tasini u aynan «Bernabeu»da urgan.

Tarix «PSJ» tomonda

«Real» va «PSJ» klublari yevrokuboklarda o‘zaro 3 marta to‘qnash kelishgan. Ulardan 2tasida parijliklar, bittasida "qaymoqranglilar" ustunlikka erishishgan. "Madrid" so‘nggi marta YECHL g‘olibi bo‘lgan mavsum-2017/2018ning pley-off bosqichida "PSJ"ni umumiy hisobda 5:2 hisobida mag‘lub etgandi.

Parijliklar UYEFA kubogi-1992/93ning chorak finalida "Real" bilan to‘qnash kelib, dastlabki o‘yinda 1:3 hisobidagi mag‘lubiyatga qaramay, javob uchrashuvida 4:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Oradan bir yil o‘tib esa ushbu jamoalar UYEFA kubogi egalari kubogi chorak finalida to‘qnash kelishgan. Dastlabki o‘yinda fransiyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, Madridda o‘tkazilgan bahsda Jorj Vea tomonidan kiritilgan yagona to‘p bu safar ham "PSJ"ga g‘alaba keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, "Real" va "PSJ" o‘rtasidagi javob bahsi 9 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:30, 03.03.2022.
O'qildi: 7803 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик