Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

«Navbahor» OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan

«Navbahor» OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan

Baho:
+ | -

«Navbahor» yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini Namangan va ikki marta Turkiyaning Belek shahrida olib bordi. Mazkur yig‘inlar davomida “lochinlar” kuchli xorij klublariga qarshi ko‘plab nazorat - sinov bahslarini o‘tkazishdi.

"Tarkibdagi o‘zgarishlar borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, “Navbahor” safini himoyachilar – Mirzohid G‘ofurov, Ilhomjon Alijonov, Xushnudbek Avilov, yarim himoyachilar – Quvondiq Ro‘ziyev, Kosta Tenorio Guttiner, Ivan Solovyov,  Islombek Isoqjonov, Boyan Naydenov, hujumchilar – Zabihillo O‘rinboyev va Shohruh Mahmudhojiyev tark etishdi. Shuningdek, yarim himoyachilar – Sardor Telyakov va Abbos G‘ulomov boshqa jamoalarga ijaraga berilishdi.

“Navbahor” tarkibiga esa  himoyachilar – Rustamjon Ashurmatov (“Kanvon”, Janubiy Koreya), Yegor Krimes (“Paxtakor”), Stanislav Andreev (“Metallurg”), yarim himoyachilar – Islom Kenjaboyev va Elguja Grigalashvili (ikkalasi “Qizilqum”), Jamshid Boltaboyev (“So‘g‘diyona”), Asadbek Sobirjonov (“Paxtakor”), Nurillo To‘xtasinov (“Bunyodkor”), Jamshid Iskanderov (“Seongnam”, Janubiy Koreya), Yovan Jokich (AGMK), hujumchilar – Zoran Marushich (“Dinamo”, Tbilisi), Andrey Sidorov (“Qo‘qon-1912”) qo‘shilishdi, ya’ni, yangi mavsumda mazkur futbolchilar “lochinlar” sharafini himoya qilishadi.

«Navbahor» bo‘lajak mavsumda Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) yo‘llanmasini qo‘lga  kiritishni maqsad qilgan", — deyiladi klub matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 14:45, 03.03.2022.
O'qildi: 1259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик