Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

«Turon» mavsumoldi taqdimot marosimini o‘tkazdi

«Turon» mavsumoldi taqdimot marosimini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Bugun «O‘zbekiston» o‘yingohi anjumanlar zalida «Turon» klubining 2022 yilgi mavsum oldidan rasmiy taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdimot marosimida Farg‘ona viloyati futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Nosir Otaqo‘ziyev, O‘zbekiston tumani sportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Hakimjon Muhiddinov, klub mutassaddi rahbarlari va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdilar.

Taqdimot marosimining dastlabki qismida so‘zga chiqqan rasmiy shaxslar jamoaga yangi mavsumda omad va zafarlar yor bo‘lishini, 2022 yilgi Pro-liga musobaqalari yakunida chempionlikka erishishlariga tilak bildirgan xolda samimiy dil izhorlarini bildirib o‘tdilar. Shuningdek, taqdimot marosimida jamoa bosh murabbiyi Anvar Berdiyev ham so‘z olib, jamoani qo‘llab-quvvatlab kelayotgan viloyat mutasaddi rahbarlari, xususan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va viloyat futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Nosir Otaqo‘ziyevga klub nomidan o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. Fan klub raisi Amirullo Sobirov muxlislar hamisha jamoa bilan birga ekani va qo‘llab-quvvatlashlarini, jamoaga yangi mavsumda chempionlik yor bo‘lishiga tilak bildirdi.

Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan taqdimot marosimida jamoaning barcha futbolchilari to‘liq tanishtirildi. Marosim davomida jamoa tomonidan yangi mavsumda foydalaniladigan SALLER brendi ostida liboslar taqdimoti ham o‘tkazildi.

«Turon» matbuot xizmati

Manba: fcturon.uz
Kiritildi: 15:02, 03.03.2022.
O'qildi: 1101 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик