Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Rossiyaning yetakchi shaxmatchilari Putindan Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishni so‘radi

Rossiyaning yetakchi shaxmatchilari Putindan Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishni so‘radi

Baho:
+ | -

Rossiyaning yetakchi shaxmatchilari Rossiya prezidenti Vladimir Putinga rasmiy murojaat bilan chiqdi.

"Rossiyalik shaxmatchilardan Rossiya Federasiyasi prezidentiga murojaat.

Biz Ukraina hududidagi harbiy harakatlarga qarshimiz va tezda o‘t ochishni to‘xtatishga, mojaroni muloqot va diplomatik muzokaralar yo‘li bilan tinch hal qilishga chaqiramiz. Shu kunlarda xalqlarimiz boshiga tushayotgan falokatni ko‘rish biz uchun chidab bo‘lmas darajada og‘riqli.

Har doim musobaqalarda Rossiya terma jamoasi uchun ham yakkalik, ham jamoaviy bahslarda g‘urur bilan o‘ynaganmiz. Shaxmat ham umumiy sport kabi odamlarni birlashtirishi kerak deb hisoblaymiz. Eng murakkab va nufuzli xalqaro turnirlar pandemiya davrida ham yurtimizda yuqori saviyada o‘tkazildi.

Shaxmat o‘z harakatlariga mas’uliyat bilan yondashishni o‘rgatadi; har bir qadam muhim, xato esa to‘g‘rilab bo‘lmas halokatli nuqtaga olib kelishi mumkin. Bu hamisha sport bilan bog‘liq bo‘lgan, endilikda esa odamlarning hayoti, huquq va erkinliklari, inson qadr-qimmati, mamlakatlarimizning buguni hamda kelajagi xavf ostida.

Ushbu fojiali kunlarda biz ushbu dahshatli mojaroning markazida bo‘lgan odamlar haqida o‘ylaymiz. Ukrainalik hamkasblarimiz bilan dardni baham ko‘ramiz va tinchlikka chaqiramiz.

Ukraina shaxmat jamoasi amaldagi Yevropa chempioni hisoblanadi va biz qatori dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biridir. Biz o‘nlab o‘yinlar va yuzlab partiyalar o‘tkazganmiz. Sport kurashini har doim siyosatdan ustun qo‘yganmiz — ukrainaliklar ham bizga shunday javob bergan. Ikki mamlakat jamoalari, o‘yinchilari va oddiy odamlariga o‘zaro hurmat qilish imkoniyatini berishingizni so‘raymiz.

Biz tinchlik tarafdorimiz. Urushni to‘xtating", — deyiladi rossiyalik shaxmatchilar bayonotida.

Murojaatni Yan Nepomnyashiy, Aleksandra Kostenyuk, Daniil Dubov, Petr Svidler, Andrey Yesipenko, Maksim Matlakov, Kirill Alekseenko, Aleksandr Motilev, Yevgeniy Nayer, Aleksandr Xalifman, Polina Shuvalova va boshqa bir qator taniqli shaxmatchilar imzolagan.

Avvalroq Ukrainadagi vaziyat tufayli 2022 yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasi va FIDE Kongressi Rossiyada o‘tkazilmasligi haqida xabar berilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:30, 03.03.2022.
O'qildi: 1787 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.