Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Samvel Babayan: “Jiddiy raqibga qarshi o‘ynadik”

Samvel Babayan: “Jiddiy raqibga qarshi o‘ynadik”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 1-turidan o‘rin olgan “Navbahor” - “Nasaf” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “lochinlar” bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.

- Bugungi o‘yinda futbol bayrami bo‘lishini kutgandik, lekin unchalik o‘xshamadi. Futbolchilarimizning g‘alaba qozonib, stadionga to‘plangan minglab muxlislarni quvontirishga bo‘lgan haddan ziyod kuchli ishtiyoqi qaysidir ma’noda ta’sir ko‘rsatdi, shoshma-shosharliklar kuzatildi. Uchrashuv haqida umumiy fikr bildiradigan bo‘lsam, jiddiy raqibga qarshi o‘ynadik, “Nasaf” bir necha yillardan buyon barqaror futbol namoyish etib kelmoqda, natijalari ham shunga yarasha ijobiy bo‘lmoqda. Qo‘shimcha ravishda ularning bundan avval bitta rasmiy o‘yin o‘tkazib ulgurishgani ham “Nasaf”ga qo‘l keldi. O‘yinni tahlil qilgan holda aytishim mumkinki, biz g‘alabaga yaqin edik, bir qator yaxshi vaziyatlar yaratdik, raqib darvozasi tomon zarbalar yo‘lladik. Lekin afsuski, ular muvaffaqiyatli chiqmadi. Umuman, stadionga to‘plangan muxlislar va televizor orqali tomosha qilganlar “Navbahor”-2022ning faqatgina bir qismini ko‘rishdi, xolos. Faqat birinchi bo‘limning dastlabki 20 daqiqasi hamda ikkinchi bo‘limning so‘nggi 35 daqiqaligida jamoamiz yaxshi to‘p surdi. Amalga oshiradigan ishlarimiz yetarli, bugun biz ko‘rgan muammolarni tahlil qilamiz. Bu yilgi chempionat juda qiziqarli o‘tishiga shubha yo‘q, biz esa yanada sifatliroq o‘yin ko‘rsatib, muxlislarni quvontirishga harakat qilamiz, - dedi Samvel Babayan.

- “Navbahor”ning 1996 yilgi tarkibi bilan hozirgisini taqqoslay olasizmi?

- Albatta, hozir solishtirish mushkul. Lekin o‘sha paytlari ham hujumkor futbol namoyish etadigan iste’dodli futbolchilar yig‘ilgandi, hozirgi tarkibimizda ham milliy terma jamoada o‘ynagan, g‘alabalar ta’mini biladigan o‘yinchilar to‘plangan. Har ikki jamoa men uchun qadrli, shunday ekan, kelgusida ham 1996 yildagi kabi sifatli futbol namoyish etishga harakat qilamiz, tribunalarimiz birinchi o‘yindan oxirigacha to‘lib turishini xohlaymiz.

- “Navbahor” Turkiyada 10 ta o‘yin o‘tkazdi, lekin jamoaviy o‘yin borasida muammolar ko‘zga tashlandi. Buning sababi nimada?

- Avvalroq aytganimdek, bugun faqatgina ayrim vaziyatlardagina jamoaviy o‘yinni ko‘rdik. Muxlislar va tomoshabinlar bu yilgi “Navbahor”ning faqatgina ma’lum epizodlarini ko‘rishdi, xolos. Hali qiladigan ishlarimiz ko‘p.

Kiritildi: 22:03, 03.03.2022.
O'qildi: 2069 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик