Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Obameyang "Barselona"da "Arsenal"ga qaraganda 3 baravar kam maosh oladi

Obameyang "Barselona"da "Arsenal"ga qaraganda 3 baravar kam maosh oladi

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang Ispaniya jamoasida o‘ynash uchun maoshini sezilarli darajada kamaytirgan. Bu haqda moliyaviy ekspert Rob Uilsonga tayanib Football Espana xabar bermoqda.

Londonning “Arsenal” klubida 32 yoshli gabonlik hujumchi haftasiga 362 ming yevro maosh olardi. Tomonlar qishki transfer oynasida shartnomani bekor qilishdi, shuning uchun "Barselona" Obameyangni tekinga o‘z safiga qo‘shib oldi. Ispan klubi moliyaviy jihatdan cheklangani tufayli futbolchiga haftasiga 116 ming yevrodan ko‘p bo‘lmagan maosh to‘lashi mumkinligini ma’lum qildi. Obameyang bunday shartlarga rozi bo‘ldi va 2023 yilda ixtiyoriy bekor qilinishi mumkin bo‘lgan 2025 yilgacha tuzilgan shartnoma imzoladi.

Ma’lum bo‘lishicha, gabonlik futbolchiga shu yilning yozida yaxshilangan shartnoma taklif qilinadi.

Kiritildi: 06:53, 04.03.2022.
O'qildi: 2044 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик