Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

E’tirof: Mehri daryo Sadio

E’tirof: Mehri daryo Sadio

Baho:
+ | -

Senegal milliy jamoasi tarixda birinchi marta Afrika kubogini qo‘lga kiritdi. Jumladan, Sadio Mane ham bo‘yniga qit’a chempionati oltin medalini taqdi. To‘g‘ri, «Liverpul» vakili o‘z vatani terma jamoasining ayrim muhim o‘yinlarida qatnasholmadi. Chunonchi, Sadio Kabo-Verde termasiga qarshi kechgan 1|8 final bahsida raqib darvozaboni bilan to‘qnashib ketib, miya chayqalishiga uchradi. O‘sha vaziyatda har ikki futbolchi to‘pga bosh qo‘yishga intilgan va senegallik hujumchi birinchi bo‘lib yetgandi. Biroq yoqimsiz to‘qnashuvdan so‘ng Mane ma’lum muddat nokaut holatida yotdi. Faqat jamoa shifokorlari boshiga katta muz qopini qo‘yish asnosida uni o‘ziga keltirishdi. Sadio keyinchalik o‘sha o‘yinda gol ham urdi va shundan so‘ng uni darhol almashtirib, shifoxonaga yuborishdi.

Shifoxonada esa ta’sirli voqelik yuz berdi. Ayni o‘sha vaqt xuddi shu muassasaga motosikl urib yuborgan bolakay keltirildi. Uning bir necha suya­gi singan va hayoti xavf ostida edi. Chunki ota-onasi tezkor operasiyaga pul to‘lolmasliklarini bildirishdi. Bundan xabar topgan Mane o‘ylab o‘tirmay, muolaja uchun so‘ralgan 400 ming Afrika franki (chamasi 600 yevro)ni o‘z hisobidan to‘ladi. Hozircha bolakayning keyingi taqdiri haqida ma’lumot yo‘q, lekin Sadioning zarur payt bir begona oila qayg‘usiga befarq qaramagani tahsinga sazovor, albatta.

Umuman, kamerunliklar oilasiga yordam qo‘lini cho‘zish Sadioning birinchi xayrli ish emas. U 2016 yili vaqtida otasi ishlagan masjidni qayta tiklashga mablag‘ ajratgandi. «Yoshligimdan o‘z hududimga menga berganlari evaziga tashakkur sifatida nimadir qilishga qiziqaman. Bu -  kuchli motivasiya. Hozir ham senegallik hamkasblarim bilan ba’zi ishlarni muhokama qilyapmiz. Ha, hali yoshman, lekin tez orada vatanim uchun nimalardir berishni boshlayman», - degandi futbolchi.

Sadio o‘sha so‘zida turib, 2018 yili jonajon qishlog‘i - Bambalida maktab qurilishini to‘liq moliyalashtirdi: «Bu loyiha qalbimga juda yaqin. Bilasizmi, Afrikada hukumat ko‘pincha qishloqlarni nazardan chetda qoldiradi. Bambalida yashaganimda, professional futbolchi bo‘lish uchun Dakarga borishni orzu qilardim. Endi bambalilik o‘smirlarning o‘sha yerda tahsil olishlarini istayman».

Ikki yil o‘tgach, Bambali shahrida shifoxona paydo bo‘ldi - yana Mane tufayli. Shundan yana 2 yil o‘tgach, qishloqda barcha sharoitlarga ega shifoxona ham qad rostladi - yana Mane sharofati bilan. Xullas, Sadio nafaqat ajo­yib futbolchi, balki ajoyib inson ham.

Darvoqe...  Senegalda Sadio Mane nomi ostida stadion...

Daily Mail nashri xabariga qaraganda, Senegalda qurilayotgan yangi stadion Sadio Mane sharafiga nomlanadi. Hozircha lo­yihasi to‘liq tasdiqlanmagan arena 2023 yil yakunigacha foydalanishga topshirilishi kerak. Aytish o‘rinli, «Liverpul» vakili AMK-2022 finalida o‘yindan ke­yingi penaltilar seriyasida oxirgi zarbani amalga oshirib, Senegal termasining ilk marta Afrika chempioni bo‘lishini ta’minladi.

Sadio Manening mehri daryo yigit ekanligiga bir necha dalil

- Sadio Mane bir safar masjid hojatxonasini yuvib, tozalab chiqqan va xodimdan bu haqda gapirmasligini so‘ragan.

- Troy Diniga alohida sovg‘a yuborib, undan klubdoshi Ismoila Sarr (u ham Senegaldan)ga mehribonlik bilan qarashni iltimos qilgan.

- Jamoa ma’muriga avtobusdagi buyumlarni tushirishda ko‘maklashgan va o‘ziga o‘xshash yigit bilan samimiy tarzda suratga tushgan.

- Daun sindromiga chalingan muxlis orzusini ro‘yobga chiqargan: undan golni qanday nishonlashi kerakligini ko‘rsatib berishini so‘ragan va barchasini xuddi shunday takrorlagan.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:13, 04.03.2022.
O'qildi: 2570 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик