Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

"Andijon" yangi qarorgohida muxlislar bilan uchrashdi

"Andijon" yangi qarorgohida muxlislar bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Bugun yangi mavsum oldidan “Andijon” jamoasi bilan muxlislar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Andijonlik futbolsevar muxlislar uchun xushxabarlardan biri shundan iboratki, klub endi o‘z bazasiga ega bo‘ldi. Ma’lumki, shahardagi bo‘ston dahasida “Andijon” klubiga tegishli bolalar va o‘smirlar futbol maktabi joylashgan. U yerda shug‘ullanish uchun qator maydonlar bor. Rahbariyat esa yangi mavsum oldidan aynan bolalar va o‘smirlar futbol maktabida asosiy jamoa uchun bazani barpo qildi. 80 o‘ringa mo‘ljallangan yotoqxona mavjud. Futbolchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bungacha “Med Siti” sihatgohida istiqomat qilib kelgan jamoa a’zolari endi yangi qurib bitkazilgan bazaga joylashadi. U yerda futbol maktabi ham faoliyatini davom ettiraveradi.

Jamoa a’zolarining tanishtiruv marosimi yangi bazada o‘tkazilgani ham bejiz emas. Ushbu tadbirda ashaddiy muxlislar, ommaviy axborot vositalari hamda yana bir qator mehmonlar ishtirok etishdi. Kutilganidek, tadbir ko‘tarinki ruhda, shodu-hurramlikda o‘tdi. Garchi “Andijon” ishtirokini pro ligada davom ettirsada, ishonch hamda e’tiborning yuqoriligi ishqibozlarni ham ruhlantiryapti.

Xabaringiz bor, klub qishki seleksiya chog‘ida tarkibiga bir qator yangi o‘yinchilarni qo‘shib oldi. Marosimda jamoadagi barcha 25 nafar o‘yinchilarga yangi futbolka raqamlari bilan topshirildi.

Eldor Adhamov, 1.
Alisher Jo‘rabov, 96.
Xurshid Xodjayev, 46.
Ildar Mamatkazin, 21.
Bogdan Milich, 9.
Goran Miloyko, 20,
Ahror Inoyatov, 8.
Ilhom Abdug‘aniyev, 10.
Farhod Sohibjonov, 17.
Mirjalol Mirzayev, 11.
Islom Mamatkazin, 4.
Izzat Abdulxakov, 7.
Muhammadkarim Toirov, 26.
Bobur Davlatov, 18.
Vladimir Bubanya, 15.
Azamat Isroilov, 3.
Shahboz Erkinov, 22.
Saidumar Sodiqov, 27.
Ibrohim Muxtorov, 99.
Abduvohid G‘ulomov, 5.
Ilhom Alijonov, 66.
Sherzod Esanov, 23.
Ahmad Anvarov, 77.
Abdurahmon Komilov, 14.
Malikshox Rasulov, 19.

Tadbirda so‘zga chiqqan klub prezidenti Jur’atbek Quvvatov shunday dedi: “Muxlislarimizdan pro ligaga tushib ketganimiz uchun uzr so‘raymiz. O‘ylaymanki, biz to‘g‘ri yo‘ldan ketyapmiz. Va’da beramiz, Superligaga chiqishimiz kerak. Buning uchun maydonda futbolchilarimiz yaxshiroq o‘ynab berishlari kerak. Xudo xohlasa. albatta Superligaga qaytamiz. Viloyatimiz hokimiga katta rahmat. Doim e’tibor qaratadi, qanday ishlar olib borilayotgani bo‘yicha ham so‘rab qiziqib turadi. Biz oldimizga ko‘p rejalar qo‘yganmiz. Mana, yangi bazamizni ham bitkazib oldik. Endi stadion “projektori”ni ham yaxshilaymiz. Jamoamizga e’tiborni yanada kuchaytiramiz. O‘sha va’da: chempion qilmaguncha qaytish yo‘q”.

Shu o‘rinda “Andijon” ustozi Viktor Kumikov ham quyidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Barcha futbol muxlislarini yangi mavsum bilan tabriklayman. Shuningdek, Jur’atbek Dilshodbekovichga minnatdorchilik bildiraman. Ma’lumki, har bir jamoaning uyi bo‘ladi. Mana, bizni ham endi o‘z qarorgohimiz bor. Bunday yaratib berilgan shart-sharoitlar g‘alabalarimizga zamin bo‘ladi, deb o‘ylayman. Kimlar bu yerda ishlab, mehnat qilgan bo‘lsa, barchalariga rahmat aytaman”.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 23:21, 04.03.2022.
O'qildi: 1071 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик