Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Konferensiyalar ligasida «Qorabog‘» murabbiyidan feyr-pley (video)

Konferensiyalar ligasida «Qorabog‘» murabbiyidan feyr-pley (video)

Baho:
+ | -

Ozarbayjonning «Qorabog‘» klubi Yevropa Konferensiyalar Ligasidagi ishtirokini to‘xtatdi. Jamoa bosh murabbiyi Gurban Gurbanovning o‘yin vaziyatiga to‘g‘ri yondashuvi esa 1/16 final bosqichining o‘ziga xos chiroyli voqeligiga aylandi.

Asosiy nyuanc shuki, Konferensiyalar Ligasida VARdan foydalanilmayapti. Xullas, Ozarbayjon poytaxtida bosh hakam inson omili faktori tufayli holatni to‘g‘ri baholay olmadi va qo‘l yordamida urilgan golni inobatga oldi. Gap uchrashuvning 34-daqiqasida chap qanotdan amalga oshirilgan hujum yakunida yuzaga kelgan holat xususida: hujumchi Ibraim Vaji to‘pni chindan ham, qo‘li bilan darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi. Polshalik referi Bartosh Frankovski esa buni bosh bilan yo‘llangan zarbadek ko‘rdi, shekilli, darhol maydon markaziga ishora qildi - gol!

Tabiiyki, raqib - «Marsel» futbolchilari sinxron ravishda referini qurshab olib, qoidabuzarlik borligini tushuntirishga urinishdi. Gurbanov ayni shu lahzada vaziyatga aralashdi: u bosiqlik bilan jamoa sardori Maksim Medvedevga nimalarnidir tushuntirdi. «Qorabog‘» sardori shundan so‘ng hakam oldiga yugurib borib, unga hammasini yetkazdi. Shu tariqa Frankovski mezbonlar golini bekor qildi. Ajoyib yondashuv, hurmatga loyiq halollik!

«Qorabog‘» yakunda 0:3 hisobida yengildi (ikki o‘yinning umumiy natijasi - 1:6). Muhimi, «Qorabog‘» o‘z tarixida ilk marta yevrokuboklar «pley-off» bos­qichida o‘ynadi va bosh murabbiyning olijanobligi tufayli yaxshigina voqea bilan nazarga ham tushdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:53, 05.03.2022.
O'qildi: 1988 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик