«Barselona» yarim himoyachisi Serxi Roberto MLS klublari takliflarini rad etdi, deb xabar beradi Marca nashri.
Manbaga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning bir nechta klublari 30 yoshli ispaniyalikni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan, biroq u faoliyatini xorijda davom ettirish imkoniyatini rad etgan. Qayd etilishicha, futbolchi Yevropada qolishni istamoqda.
2021/22 yilgi mavsumda Roberto «Barselona» safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2022 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.