Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Asqar Umarov: ”Zomin” o‘z uyida hech kimga ochko beradigan jamoa emas”

Asqar Umarov: ”Zomin” o‘z uyida hech kimga ochko beradigan jamoa emas”

Baho:
+ | -

Bugun pro liganing 1-turi doirasida “Zomin” klubi o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qildi. Mazkur uchrashuvda darvozalar daxlsiz qoldi – 0:0. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida “Zomin” bosh murabbiyi Asqar Umarov o‘z fikrlarini bildirdi.

- Bugungi bellashuv haqida qanday fikr bildira olasiz?

- Uchrashuv haqida gapiradigan bo‘lsak, albatta futbolchilarimizga katta rahmat aytaman. Ular birinchi o‘yin bo‘lishiga qaramay, shunchalik borini berib o‘ynashdi. Muxlislarimizga qo‘llab-quvvatlagani uchun ham katta rahmat. Mashg‘ulotlarimizdagi harakatlarimizni yigitlar maydonda ko‘rsata olishdi, deb o‘ylayman. Bugun ozgina omadimiz kelmadi va gollarni urolmadik. Keyingi uchrashuvlarda “Zomin” muxlislariga g‘alabalarni taqdim qilamiz, degan umiddaman.

- Bugun “Andijon”dan qanday o‘yin kutgandingiz?

- Ular tajribali va shuning evaziga harakat qilishyapti. Bo‘ydor o‘yinchilarni olishgan ekan. Ammo bizning futbolchilarimiz shunga mos ravishda o‘ynadilar.

- “Zomin” jamoasi ushbu uchrashuvda bir ochkoni qo‘lga kiritdimi yoki ikkinchi ochkoni yo‘qotdimi?

- Bu birinchi uchrashuv bo‘lganligi sababli biz bir ochko qo‘lga kiritdik, deb hisoblayman. Keyingi o‘yinlarda uch ochkolarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. “Zomin” o‘z uyida hech kimga ochko beradigan jamoa emas. Faqat uch ochko olib, oldinga harakat qilamiz.

Kiritildi: 18:18, 06.03.2022.
O'qildi: 879 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик