Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Abramovich davridagi «Chelsi»ning eng esda qolarli o‘yinlari!

Abramovich davridagi «Chelsi»ning eng esda qolarli o‘yinlari!

Baho:
+ | -

Mart oyi boshida Roman Abramovich ochiq xat chop etib, unda klubni sotishga tayyorligini malum qigan edi. Rossiyalik milliarder 2003 yilda «Chelsi»ni sotib oldi va tezda jamoani yuqori darajaga olib chiqdi: uning qo‘l ostida londonliklar 21 marta chempionlikni qo‘lga kiritdi - bu 2003 yildan beri Angliyaning boshqa istalgan klubidan ko‘p degani.

Quyida «Chelsi»ning Abramovich qo‘l ostidagi eng yaxshi 10 o‘yiniga nazar tashlaymiz.

2004 yil 6 aprel. Chempionlar ligasi 1/4 finalining javob uchrashuvi. «Arsenal» - «Chelsi» (1:2)

Abramovich 2003 yilning yozida «Chelsi»ni sotib oldi va darhol o‘yinchilar ommaviy xaridiga kirishib, transfer bozorini larzaga keltirdi. «Chelsi» tarkibida hujumchilar Ernan Krespo va Adrian Mutu, yarim himoyachilar Demyen Daff, Xuan Sebastyan Veron, Klod Makelele, Jeremi, Jo Koul va Aleksey Smertin, himoyachilar Ueyn Brij va Glen Jonson bor edi. Qishda jamoaga yarim himoyachi Skott Parker kelib qo‘shildi. Jamoa o‘shanda transferlar uchun umumiy hisobda 170 million yevro sarfladi.

Bunday xarajatlar albatta o‘z samarasini berdi. «Chelsi» darhol o‘z darajasini yuqorilatdi. Abramovichning birinchi mavsumida klub APLda Arsen Vengerning yengilmas jamoasidan ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘sha mavsumda Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishning iloji bo‘lmadi (yarim finalda «Chelsi» «Monako»ga imkoniyatni boy berdi). Ammo «Arsenal» ustidan qozonilgan g‘alaba «Chelsi»ning ambisiyalarini ko‘rsatib bergan.

2005 yil 8 mart. Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvlari. «Chelsi» - «Barselona» (4:2)

2004 yil 2 iyunda «Chelsi» Yevropaning eng intrigali mutaxassislaridan biri - Joze Mourinyo bilan shartnoma imzoladi. Portugaliyalik o‘shanda endigina «Portu» bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan edi.

«Meni takabburli demang, hozirda Yevropa chempioniman va o‘zimni barchadan eng ustun deb bilaman», - deydi murabbiy.

Joze Premyer-ligada ham keyinchalik o‘z so‘zini aytdi, ammo Chempionlar ligasida uning missiyasi biroz qiyinroq bo‘lib chiqdi. Jamoa yana yarim finalgacha keldi, ammo bu safar «Liverpul» to‘sig‘idan o‘tishning iloji bo‘lmadi. Shunga qaramay, chorak finalni alohida ta’kidlab o‘tish joiz. «Chelsi» Raykardning «Barsa»siga qarshi klassik o‘yin ko‘rsatdi.
«Kamp Nou»dagi bahs «Barselona» foydasiga yakunlangan (2:1), buning ustiga «ko‘klar» Didye Drogbaning chetlatilishi tufayli ancha tushkun kayfiyatda uylariga qaytadigan bo‘lishdi.

Ammo o‘z uyida «Chelsi» dastlabki 20 daqiqada uchta gol urib, «Barsa»ni tom ma’noda yo‘q qildi (Gudyonsen, Lempard va Daff). Kataloniyaliklar bundan kerakli xulosani olgani holda tez o‘ziga keldi va birinchi bo‘limda Ronaldinyoning dubli evaziga hisobni qisqartirdi. Biroq Jon Terri 76-daqiqada burchak to‘pidan so‘ng boshi bilan zarba yo‘llab darvozani ishg‘ol qildi va jamoasiga yana umidni qaytardi.

2008 yil 21 may. Chempionlar ligasi finali. «Manchester Yunayted» - «Chelsi» (1:1, penaltilar bo‘yicha 6:5)

2008 yilda «Chelsi» birinchi marta Chempionlar ligasi finaliga chiqdi va ajoyib drama qurboniga aylandi.

Asosiy vaqtda jamoalar bittadan gol urishdi. Qo‘shimcha vaqtda vaziyat keskinlashdi - Drogba maydondan chetlatildi, penaltilar seriyasida esa muxlislar yuraklarini hovuchlab turishlariga to‘g‘ri keldi.

Ronaldu hayotidagi eng yaxshi o‘yinlaridan birini o‘tkazgan edi, lekin penaltilar seriyasida Chexni mag‘lub eta olmadi. Portugaliyalik futbolchi adashishidan oldin jamoalar bir xil imkoniyatga edi va endi hamma narsa to‘p yoniga yaqinlashgan Jon Terriga bog‘liq bo‘lib qoldi. U o‘z klubiga tarixdagi ilk Chempionlar kubogini olib kelish imkoniyatiga ega edi. Ammo «Lujniki»ning ho‘l maysazori hamma narsani chippakka chiqardi - Terrining yuzi yomg‘ir aralash ko‘z yoshlarga cho‘mildi. Shunday qilib, shalpangquloq kubok Manchesterga jo‘nab ketadigan bo‘ldi.

2012 yil 24 aprel. Chempionlar ligasining 1/2 final javob uchrashuvi. «Barselona» - «Chelsi» (2:2)

«Kamp Nou»dagi fantastik o‘yin yodingizdami? Unda hamma narsa mezbonlarga qarshi ishlagan. Londonliklar bosh murabbiyi Roberto Di Matteo mart oyida Andre Villash-Boashning muvaffaqiyatsiz o‘yinlaridan so‘ng jamoani qabul qilib olgach, buyog‘iga barchasi omadli tus ola boshladi. 35-daqiqada Buskets hisobni ochadi. Ikki daqiqadan so‘ng esa Jon Terri maydondan chetlatildi. 43-daqiqada Inyesta yana hisobni oshirib qo‘yadi. Endi go‘yoki hammasi shunday tugaydigandek. Ammo birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Ramires farqni bittaga qisqartirdi - 2:1.

Ikkinchi bo‘lim boshida «Barsa» penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo Messi darvoza to‘sinini poyladi. «Barsa» shundan so‘ng yana bitta gol urishi kerak edi, ular butun ikkinchi bo‘lim davomida «Chelsi» darvozasini qamal qilishdi. Ammo, aksincha, zaxiradan maydonga tushgan Torres gol urishga erishdi. Keyinchalik sodir bo‘lgan voqealar o‘yinga go‘zal joziba bag‘ishlagan. «Bavariya» bilan finalda esa «Chelsi» o‘zining ilk ECHL kubogini qo‘lga kiritdi.

29 may, 2021 yil. Chempionlar ligasi finali. «Manchester Siti» – «Chelsi» (0:1)

Mourinyo klubga ikkinchi kelganidan keyingi davr juda xilma-xil edi: Konte bilan chempionlik, Sarri bilan Yevropa Ligasi, transferlar taqiqi va Lempard bilan o‘tgan tushunarsiz mavsum. Marina Granovskaya klub tuzilmasini butunlay qayta qurdi, transfer qo‘mitasini tashkil qildi va «ko‘klar» akademiyasi Angliyadagi eng yaxshisiga aylandi. Moliyaviy ahvol barqarorlashdi, klub yana top o‘yinchilarni sotib olishi mumkin edi - 2020 yilning yozida ular Verner, Xavers, Chiluell uchun 247 million yevro sarfladi. Endi shuncha xarajatga bitta narsa yetishmayotgandi - bu Chempionlar ligasi g‘olibligi.

2021 yilning yanvarida Abramovich Lempardni Tomas Tuxelga almashtirish haqida qiyin qaror qabul qildi. Nemis mutaxassisi bilan «Chelsi» «Atletiko» va «Real Madrid» to‘sig‘idan o‘tib oldi va finalda «Siti»ga duch keldi.

Ikki taktik daholar o‘rtasidagi to‘qnashuvni juda ajoyib o‘tdi deb atash ham qiyin. Finalda Kay Xavers hammasini hal qildi - tanaffusga oz qolganda u Ederson bilan yakkama-yakka holatga chiqib, yakuniy zarbada adashmadi. Bu bilan «Chelsi» o‘ziga xos statistikani qayd etdi. Ya’ni klub uch marta Chempionlar ligasi finaliga chiqdi va barcha holatlarda mavsum davomida murabbiyni almashtirgan.

Kiritildi: 23:04, 09.03.2022.
O'qildi: 2137 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.