"Inter" va Braziliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Julio Sezar "PSJ" darvozaboni Janluidji Donnarummaning "Real"ga (1:3) qarshi Chempionlar ligasi 1/8 finalidagi o‘yiniga baho berdi.
"Donnarumma to‘p bilan o‘z darvozasi tomon burilib ketdi, bizni bolaligimizdan shunday qilmaslikka o‘rgatishgan. Orqaga uzatma olganingizda, to‘pni har doim o‘z darvozangizdan uzoqlashtirishingiz kerak. U o‘z darvozasini xavf ostiga qo‘ydi", - deya Sezarning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.