Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shuhrat Maqsudov: “YOsh shogirdlarimning o‘yinidan qoniqdim”

Shuhrat Maqsudov: “YOsh shogirdlarimning o‘yinidan qoniqdim”

Baho:
+ | -
Superliganing 2-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Bunyodkor” (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Shuhrat Maqsudov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
- Bugun maydonga tushgan yosh futbolchilarimizga katta rahmat aytaman! “Bunyodkor”ning maqsadi akademiyadan ko‘proq yoshlarni asosiy tarkibga jalb qilish. Ularning o‘yinidan qoniqdim, albatta biroz tajriba yetishmadi. Ammo yaqin kelajakda ular O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynaydi degan umiddaman. “Qizilqum” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman! Bekor qilingan gol haqida gapirmayman, bu mening ishim emas. Nimadir deganim bilan hech narsa o‘zgarmaydi. 
 
Akademiya nima uchun? Yosh futbolchilarni asosiy tarkibga jalb qilish uchun. Tayyor futbolchilarni sotib olib o‘ynatishni hamma ham biladi. Lekin bu yil yoshlarga ishonishga qaror qildik. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz, buning uchun vaqt kerak bo‘ladi. Klubimiz rahbari bu vaqtni bizga berdilar. Qaytaraman, yosh futbolchilarimning o‘yinidan qoniqdim.
Manba: "Бунёдкор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 23:12, 10.03.2022.
O'qildi: 1216 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик