Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

O‘zbekiston kubogi. Saralashda 15 ta jamoa ishtirok etadi

O‘zbekiston kubogi. Saralashda 15 ta jamoa ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Shu yilning 23-29 mart kunlari Toshkentda O‘zbekiston kubogining saralash uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi va unda 15 ta jamoa 1,5 ta yo‘llanma uchun kurashga kirishadi. 

Yo‘llanmalar sonining aniq ko‘rinishi 15 mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Baniyas” — “Nasaf” uchrashuvi natijasiga bog‘liq. Bellashuvda qarshiliklar zafar quchsa, saralash o‘yinlari yakuniga ko‘ra 2 ta jamoa O‘zbekiston kubogining guruh bosqichiga yo‘l oladi. Aks holda, faqatgina 1 ta jamoada bunday imkoniyat bo‘ladi. 

Reglamentdan kelib chiqib, saralashda Birinchi liga jamoalari (4 ta farm-klub bundan mustasno) hamda Ikkinchi ligalarning g‘olib jamoalari hududiy assosiasiyalarning kafolati ostida ishtirok etadi. Ikkinchi ligalarning hududiy g‘oliblari sifatida Buxoroning “Binokor” va Toshkent viloyatining “Keles” jamoalari musobaqaga qo‘shildi. Shuningdek, pulka o‘yinlariga ko‘ra Birinchi liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan, ammo talab etilgan hujjatlarni vaqtida topshira olmagan “Denov” jamoasi ham kubok saralashiga taklif etilgan. 

Qur’a yordamida jamoalar 1/8 finaldagi raqiblarini aniqlab oladi. Faqatgina bitta omadli jamoa avtomatik ravishda ¼ final yo‘llanmasiga ega chiqadi. Bitta uchrashuvdan iborat o‘yinlar yakuniga ko‘ra mag‘lub jamoalar musobaqani tark etadi. Reglamentning 20.1-bandidan kelib chiqib, saralash uchrashuvlarining asosiy vaqtida g‘olibni aniqlashning imkoni bo‘lmasa, qo‘shimcha taymlarsiz navbat penaltilar seriyasiga beriladi.

Avvalroq xabar berilganidek, saralash uchrashuvlariga qur’a 19 mart kuni "Sport" telekanali orqali jonli efirda tashlab beriladi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 19:43, 11.03.2022.
O'qildi: 1855 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик