Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya - Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya

Dunyoning eng qaynoq derbilari haqida bilib oling

Dunyoning eng qaynoq derbilari haqida bilib oling

Baho:
+ | -

Derbi atamasi keng tushuniladi. Futbol olamida esa ushbu nom ko‘plab odamlar mavsum davomida sabrsizlik bilan kutadigan voqeadir. U odatda bir shahar yoki mamlakatning teng kuchli jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi. Bilasizmi, derbida tomonlar faqat futbol o‘ynamaydi. Ular nomus, sharaf va g‘urur uchun ham kurash olib boradi. Ular muxlislar ishonchi uchun ham jangga kiradi! Quyida esa jahon futbolidagi eng saviyali va murosasiz kurashga boy bo‘lgan qarama-qarshiliklar haqida so‘zlab beramiz.

«El-klasiko» – Ispaniya

Ushbu to‘qnashuv doimo mashhur bo‘lgan. «Real» hamda «Barselona» o‘yini dunyoni ikkiga bo‘ladi. Harxolda, Messi va Ronaldu davrida shunday edi.

«Derbi della Madonnina» – Italiya

Ushbu kurash Milan shahrining mashhur jamoalari bo‘lgan «Inter» hamda «Milan» bahsi hisoblanadi.

«Shimoliy-G‘arb derbisi» – Angliya

Angliya futbolining eng katta raqiblaridan biri bo‘lgan «MYU» va «Liverpul» o‘yini tarixiy voqealarga doimo boy bo‘lgan.

«Manchester Derbisi» – Angliya

Ushbu qarama-qarshilik ham Angliyada mashhur. Ammo bu bir shahar jamoalari orasidagi raqobat sabab yuzaga kelgan. Gap kim haqida ketayotganini tushundingiz.

«Derby d'Italia» – Italiya

Italiyada eng tomoshabop bahslardan biri sifatida «Yuventus» hamda «Milan» qarama-qarshiligi e’tirof etiladi. Haqiqatdan ham ushbu jamoalar doimo yirik sovrinlar uchun harakat qilgan. Shu sababdan ularning to‘qnashuvini ko‘rish juda ham qiziq.

«Der Klassiker» – Germaniya

Ko‘plar ushbu uchrashuvni Nemis klasikosi deb ham atashadi. Haqiqatdan ham shunday. «Bavariya» hamda «Borussiya D» orasidagi raqobat klassik janglardan biridir.

«Shimoliy London derbisi» – Angliya

London qaysi rangda – oqmi yoki qizil?
Ushbu savol qachonki, «Arsenal» hamda «Tottenxem» to‘qnashsa, yangray boshlaydi. Bu esa ko‘p narsalardan dalolat beradi. Dunyodagi eng murosasiz raqiblar jufligidan biri shubhasiz ulardir.

«El Derby Madrileño» – Ispaniya

Ushbu to‘qnashuv faqat poytaxtliklar uchun. «Atletiko» o‘zini «Real»dan ustun ekanini isbotlash uchun doimo unda bir yilda kamida ikkita imkon bo‘ladi.

«Mersisayd derbisi» – Angliya

Ushbu jufliklar orasidagi o‘yin «do‘stlik derbisi» deb ham ataladi. Chunki bu yerda hech qanday siyosiy, ijtimoiy yoki irqiy farqlar mavjud emas(Fakt: ushbu derbi tarixdagi eng ko‘p qizillarga duchor bo‘lgan).

«Old Firm Derby» – Shotlandiya

Ushbu bahs mamlakat tarixidagi eng muvaffaqiyatli jamoalar bo‘lmish «Seltik» hamda «Reynjers» to‘qnashuvini anglatadi. Bu o‘yin sabab tarixda qurbonlar ham berilgan.

«Superclàsico» – Argentina

Dunyoda ko‘plab insonlarni qiziqishini uyg‘otgan raqobatlardan biri bu «Boka Xuniors» hamda «River Pleyt» o‘yini edi. Mamlakatning eng saviyali jamoalari to‘qnashuvi doimo qizg‘in kechgan.

«O Clàssico» – Portugaliya

Shubhasiz, mamlakat miqyosidagi to‘qnashuv sifatida «Portu» hamda «Benfika» o‘yini e’tirof etiladi. Mos ravishda ushbu jamoalar Portugaliyaning eng katta shaharlari bo‘lmish Lissabon hamda Portuda joylashgan.

«Paulista Derby» – Braziliya

Ushbu bahs Braziliyadagi eng katta qarama-qarshilik sifatida qaraladi. Bunda bir shaharning ikki klubi bo‘lgan «Palmeyras» hamda «Korintians» o‘zaro bahs boylashadi.

«Derby della Capitale» (Rim derbisi) – Italiya

Ushbu derbida ham tarix qonli to‘qnashuvlarga guvoh bo‘lgan. Shaharning ikki jamoasi bo‘lgan «Lasio» hamda «Roma» klublari shonli taqdiri har ikki tomonning yutuqlariga to‘lgan. 1920 yillardan buyon ushbu juflik Rim uchun kurashib keladi.

 


ISMATOV J.

Manba: futaa.com
Kiritildi: 21:55, 11.03.2022.
O'qildi: 1679 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.