Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Klopp: "Chelsi"dagi vaziyatda faqat bir kishi aybdor"

Klopp: "Chelsi"dagi vaziyatda faqat bir kishi aybdor"

Baho:
+ | -

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Rossiyaning Ukrainaga harbiy hujumi tufayli Roman Abramovich va "Chelsi"ga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarga izoh berdi.

"Tomas Tuxel va men bir-birimizni bilamiz, lekin biz o‘yindan tashqari yoki boshqa vaqtlarda muloqot qilish uchun unchalik yaqin emasmiz. U, futbolchilar va "Chelsi"ning barcha xodimlari ularning atrofida sodir bo‘layotgan voqealar uchun javobgar emas.

Faqat bir kishi birinchi navbatda aybdor - Vladimir Putin. Bunda Roman Abramovichning roli haqida bilmayman, lekin yillar davomida u Rossiya Federasiyasi Prezidentiga juda yaqin ekanligini tushunish mumkin edi.

Menimcha, Buyuk Britaniya boshqaruvi qilgan ish to‘g‘ri bo‘lgan. Lekin 100% rostini aytsam, bu "Chelsi"dagilar va muxlislar uchun unchalik yaxshi emas. Men buni tushunaman, lekin hukumatning xatti-harakatlari mantiqiy edi", — deya Kloppning so‘zlarini keltiradi Metro nashri.

Kiritildi: 22:18, 11.03.2022.
O'qildi: 3186 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик