Bugun Angliya Premyer-Ligasi 29-turining markaziy uchrashuvlaridan biri - «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» bahsi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur uchrashuvga qadar eng qiziqarli bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etamiz.
Bilasizmi?
Xarri Keyn Premyer-Liganing 137 safar o‘yinida 93 gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Yana bir gol uni musobaqa tarixida APL doirasidagi safar bahslarida gol urish bo‘yicha yaqqol peshqadam Ueyn Runiga tenglashtiradi.
"Manchester Yunayted" 2009 yilning aprel va 2010 yilning oktyabr oylarida ketma-ket 4 uchrashuvda «shporlar»ni mag‘lub etganidan beri ilk bor APLning qatorasiga 3 o‘yinida londonliklarni yutish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi.
«Shporlar» MYU maydonida o‘tkazilgan Premyer-Liganing oxirgi 3 o‘yinida ikki bor g‘alaba qozonishgan (1 mag‘lubiyat). Ular "Old Trafford"ga dastlabki 26 o‘yin uchun safar qilishganida ham shuncha g‘alaba qozonishgan edi (2 g‘alaba, 3 durang, 21 mag‘lubiyat).
Krishtianu Ronaldu «Tottenxem»ga qarshi oxirgi 5 uchrashuvda 7 golda ishtirok etgan — 4 gol va 3 assist.
Bahs rasmiylari
Bosh hakam: Jonatan Moss
Qanot hakamlari: Mark Perri, Timoti Vud
Zaxira hakami: Kreyg Pouson
VAR: Andre Marriner
VAR yordamchisi: Nik Xopton.
O‘zaro qarama qarshiliklar
Tomonlar Angliya chempionati doirasida 59 uchrashuvda to‘qnash kelishgan. Shulardan 37 tasida «qizil iblislar», 10 bellashuvda esa «Tottenxem»ning qo‘li baland kelgan. 12 bahsda g‘olib nomi aniqlanmagan.
Jamoalarning APLdagi so‘nggi qarama-qarshiliklari
2021 yil, 30 oktyabr
«Tottenxem» 0:3 «Manchester Yunayted»
2021 yil, 11 aprel
«Tottenxem» 1:3 «Manchester Yunayted»
2020 yil, 4 oktyabr
«Manchester Yunayted» 1:6 «Tottenxem»
2020 yil, 19 iyun
«Tottenxem» 1:1 «Manchester Yunayted»
2019 yil, 4 dekabr
«Manchester Yunayted» 2:1 «Tottenxem»
Ushbu mavsumdagi ko‘rsatkichlar
MYU 47 ochko bilan APL jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Jamoa 13 g‘alaba, 8 durang, 5 mag‘lubiyat qayd etgan. To‘plar nisbati: 45-38. Bunda «qizillar» har bir o‘yinda o‘rtacha 1.61 gol urib, 1.36 ta gol o‘tkazib yuborishgan. 7 bahsda darvozasidan to‘p olib chiqmagan.
Eng katta g‘alabasi «Lids»ga qarshi uy o‘yinida (5:1), eng yirik mag‘lubiyati «Liverpul» jamoasi bilan uy uchrashuvida (0:5) qayd etilgan.
«Tottenxem» ushbu mavsumda 26 uchrashuvda 14 g‘alaba, 3 durang, 9 mag‘lubiyat natija bilan 45 ochko to‘plagan va musobaqa jadvalining 7-pog‘onasida bormoqda. Londonliklar har bir o‘yinda o‘rtacha 1.54 gol kiritib, 1.23 ta gol o‘tkazib yuborgan. 10 uchrashuvda Antonio Konte jamoasi darvozasi ishg‘ol etilmagan.
Eng yirik g‘alabasi yaqinda «Everton» bilan bahsda (5:0) qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, "Kristal Pelas"ga qarshi safar bellashuvida yirik mag‘lubiyatini (0:3) qabul qilib olgan.
Ushbu mavsumda APL doirasida ikkala jamoa futbolchilari orasida Son Xyon Min to‘purar bo‘lib turibdi.
1. Son Xyon-Min 11 ta gol
2. Xarri Keyn 10
3. Bruno Fernandesh 9
Ikkala jamoa futbolchilari o‘rtasida eng yaxshi assistent Pol Pogba hisoblanadi.
1. Pol Pogba 9 ta assist
2. Bruno Fernandesh 6
3. Son Xyon-Min 5
Mazkur uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanishi rejalashtirilgan.