Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

Jahon futbol yulduzlarining o‘zlaridan ham mashhurroq bo‘lgan singillari borligini bilarmidingiz?

Jahon futbol yulduzlarining o‘zlaridan ham mashhurroq bo‘lgan singillari borligini bilarmidingiz?

Baho:
+ | -

Ayni damda Neymar qayerda ekanini bilasizmi? Ha, topdingiz. U o‘z yurti Braziliyaga, oilasini ko‘rgani ketgan.


Futbol olamida har yillik muhim sanalar mavjud. Masalan, hamma 26 dekabrni Angliyada boksing dey deb bilsa, 31 avgust katta transferlar oynasining yopilish sanasi hisoblanadi. 11 marta esa o‘sha futbol dunyosining yulduzi bo‘lgan Neymar uchun o‘ta muhim kundir. Chunki u har yili aynan mana shu paytda Braziliyaga o‘z singlisi Rafaella Santos (Bekran)ning tug‘ilgan kunini nishonlagani boradi. Rafaella bu yili 26 yoshni qarshi oldi. Neymar esa qariyb o‘n yildan buyon 11 martda Braziliyada bo‘ladi. Futbolchining singlisi dunyoga taniqli bo‘lgan model hamda moda mutaxassisi sanaladi. Neymar esa aynan u uchun hech erinmaydi. Super yulduzning oilaparvarligi tahsinga sazovar. Quyida e’tiboringizga yana bir nechta futbolchilarning ana shunday mashhur singillari haqidagi ma’lumotlarni havola etamiz.

Gari, Fil hamda Treysi Nevill

Aka-uka Nevillarni futbol olamida erishgan yutuqlarini yaxshi eslaymiz. Ha, ular murabbiylikka qadam qo‘yishmadi. Ammo futbolchi sifatida muxlislar yodida qoladi. Ularning singlisi Treysi esa netbol sport turi bilan shug‘ullangan. U o‘z vaqtida Angliya terma jamoasining mashhur yulduzi bo‘lgan. Nevill Angliya terma jamoasini ham ma’lum vaqt boshqaradi. Treysining o‘yinchilik vaqti Jahon hamda hamdo‘st mamlakatlar chempionatidagi bronza bilan yodimizda qolgan. U netbol murabbiyi sifatida ikki bora «Manchester» jamoasi bilan mamlakat chempioni bo‘lgan edi.

Janluiji, Guendalina hamda Veronika Buffon

Buffon haqida juda yaxshi bilamiz. U Italiya futboli tarixidagi eng ko‘p sovrinlarga ega chiqqan, uzoq vaqt xizmat qilgan darvozabondir. Shunday bo‘lsada, afsonaviy futbolchi borasida hamma narsani ham bilaman deb o‘ylamang. Chunki u o‘z oilasida yagona xalqaro darajadagi shaxs emas. Uning ikkita singlisi – Guendalina hamda Veronika sobiq terma jamoa voleybolchilari edi. Xususan, Guendelina o‘z klubi «Materna» tarkibida Yevropa chempioni bo‘lgan. Voleybol ixlosmandlari ushbu davrlarni yaxshi eslaydi. Buffon o‘z singlisiga bu borada havas qilsa kerak. Axir har nonushtada Guendalina YECHLni yutish armon bo‘lgan ukasiga o‘zining Yevropa chempioni bo‘lganida olgan medallarini ko‘z-ko‘z qilishi mumkinda.

Teo va Xolli Uolkott

Yigirma yoshgacha bo‘lgan futbol ixlosmandlari bu gapni qabul qilishga qiynalishi mumkindir. Ammo Teo bir tomondan APLda eng yaxshi futbolchilardan biridir. Sobiq Angliya terma jamoasi a’zosi ayni damda 32 yoshda va hali ham «Sautgempton» safida harakat qilmoqda. U umri davomida Angliya futbolida qolgan edi. Ammo uning singlisi ham sportga oshno insonlardan. Xolli 2010 yildan buyon Badibilding bilan professional tarzda shug‘ullanib keladi. U o‘z sohasida Buyuk Britaniyaning ikkinchi darajali sportchisiga aylangan.

Tibo hamda Valeri Kurtua

«Real» darvozaboni oilasida o‘ziga hos mavqeyga ega. Chunki u futbol darvozaboni bo‘lgan edi.
Uning ota-onasi butun umrini voleybolga bag‘ishlagan insonlardan. Tiboning singlisi ham ularning yo‘lidan ketdi. Faqat uning o‘zi futbolchi bo‘ldi. Ammo Kurtua ishining oilasi bilan bog‘laydigan jihat ham bor. U ham bo‘lsa, qo‘l bilan o‘ynashdir. Faqat Kurtualar oilasida, hamma sportda qo‘lini ishlata olishadi.
Tibo hamda uning singlisi Valeri orasida yutuqlarga erishish borasida kichik raqobat shakllangan. Negaki, singil ham o‘z akasidan qolishmaslikka harakat qiladi. Valeri Kurtua ayni damga qadar voleybolda Belgiya kubogi, ikki marta Belgiya superkubogi, Yevropa chempionatida bronza medali hamda 2013 yilgi Yevropa ligasida kumush medaliga loyiq topilgan. Shunday qilib, ham sovrin yutish ham mashhurlik borasida Valeri akasidan qolishmaydi.

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: teamtalk.com
Kiritildi: 21:21, 12.03.2022.
O'qildi: 7013 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.