Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi - Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Viktor Kumikov: "Bundan keyin ham yaxshi natijalar ko‘rsatamiz"

Viktor Kumikov: "Bundan keyin ham yaxshi natijalar ko‘rsatamiz"

Baho:
+ | -

“Andijon” klubi o‘z maydonidagi ochilish uchrashuvida “Yangiyer-Quruvchi” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib muxlislarini xursand qildi.

O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Bugungi o‘yinni qiyin o‘tishini bilardik va kutilganidek shunday ham bo‘ldi. Birinchi turlardanoq jangovar o‘yinni ko‘rsatishimiz kerak. Ob-havo sababli maydon holati ham yaxshi emas. Qiyin o‘yin bo‘ldi, ammo imkoniyatlardan foydalanib qoldik. Himoyada esa ishonchli harakat qildik. Albatta, hujumda ham yana boshqa vaziyatlarga ega bo‘ldik. Ammo hammasini ham golga aylantira olmadik. Eng asosiysi, natijaga erishdik. Futbolda natija muhim, - deydi Kumikov.

- Shahboz Erkinov nima uchun maydonga tushirilmadi?

- Buning sababi unda kichik jarohati bor edi. Kecha asosiy tarkib bilan shug‘ullandi. Ungacha ikki kun biz bilan mashg‘ulotlarda qatnasha olmadi.

- Pro liga bilan Superliga o‘rtasida qanday farq bor?

- Men uchun farqi yo‘q. O‘yinchilar aynan pro ligaga yarasha taklif etilgan. Superligada esa shunga yarasha futbolchilar. Masalan, bugungi o‘yinda to‘p surgan Anvarov hatto birinchi ligada ham o‘ynamagan. Biz esa mana shunday yoshlarning yoniga tajribali legionerlarni jalb qilganmiz. Biz shu tarkib bilan oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarishga harakat qilamiz. Albatta, Superliganing o‘yin tezligi boshqa, pro ligada esa boshqacharoq va shunga yarasha tarkib tanlangan.

- Birinchi bo‘limning 40-daqiqasigacha “Andijon” bir-ikkita vaziyat yaratdi xolos. Jamoaga hujumchilar yetishmaydimi?

- Hujumchimiz bitta imkoniyatdan foydalandi, hali mavsum uzoq. Biz yana yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qilamiz. O‘tgan safar ham, bugun ham ochilish o‘yinini o‘tkazdik. Bizga qarshi o‘ynayotgan klublarning oldida Superligaga chiqish maqsadi yo‘q. Shuning uchun ular erkin, o‘zlari xohlagandek o‘ynashyapti, bosim yo‘q. Bugungi uchrashuvda ilgari “Andijon”da o‘ynab ketgan futbolchilar o‘zini ko‘rsatishga harakat qilishdi. Nimaga deganda, o‘shalar ham “Andijon” tarkibiga kirishni xohlashgan. Biz darvozamizdan gol o‘tkazmadik. Bundan keyin ham yana yaxshi natijalar ko‘rsatamiz.

- Bogdan Milichning o‘yinidan qoniqdingizmi?

- U vazifasini bajaryapti, gol urdi. Yana ko‘ramiz, mavsum hali uzoq davom etadi. Maydonda xavfli vaziyatlarni yaratyapti. Ikkinchi qavatda to‘plarni ham yutyapti. Muhimi, o‘z ishini bajaryapti.

 

Kiritildi: 21:05, 13.03.2022.
O'qildi: 1362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик