Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Superliga klublarida sardorlik mas’uliyati kimga ishonilgan?

Superliga klublarida sardorlik mas’uliyati kimga ishonilgan?

Baho:
+ | -

Sardorlardan maydonda har tomonlama yetakchilik salohiyatini namoyish etish, jamoadoshlarini o‘yin davomida oldinga boshlash, kezi kelganda, maydon tashqarisida ham ularni yolg‘izlatmay, bosh murabbiyning futbolchilar orasidagi yordamchisi bo‘lish talab etiladi. Bir so‘z bilan aytganda, jamoa sardori sheriklari va murabbiy o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini o‘taydi. Bundan ko‘rinadiki, sardorlik mas’uliyati har tomonlama og‘ir bo‘ladi. Odatda, mahalliy futbolchi yoki tajribasi yuqori bo‘lganlarga bog‘ichni taqish ishonib topshiriladi. Xo‘sh, ayni payt Superliga klublarida kimlar sardorlik qilib kelmoqda? Quyida shu haqda so‘z yuritamiz.

«PAXTAKOR» - Sherzod A’ZAMOV

Amaldagi chempion tarkibida liderlikni qo‘lga oladigan ijrochilar bisyor, jamoadoshlarini ortidan yetaklay olish qobiliyatiga ega ijrochilar ko‘p. Biroq sardorlik bog‘ichi himoyachi Sherzod A’zamovga topshirilgan. Vise-sardorlik esa Dragan Cheran gardaniga tushadi. Ikkisi ham «sherlar»ning ishongan futbolchilari hisoblanishadi.

«SO‘G‘DIYONA» - Jasur HASANOV

Ulug‘bek Baqoyev murabbiyligidagi «So‘g‘diyona» yangi mavsumda OCHL yo‘llanmasiga ega chiqish yo‘lida kurashadi. Shu maqsadda, Baqoyev bir necha tajribasi katta futbolchilarni jamoaga taklif qildi. Natijalarning ijobiy ko‘rinish olishida yetakchining o‘rni katta bo‘ladi. Jasur Hasanov esa jamoaning eng tajribali futbolchisi hisoblanadi. Bejiz unga sardorlik bog‘ichi topshirilmagan. Ulkan tajribasiga tayangan holda, yosh jamoadoshlarini yetaklashi ko‘zda tutilgan.

AGMK - Sanjar TURSUNOV

Olmaliqliklar safida maydondagi murabbiy lavozimi tajribali futbolchi Sanjar Tursunovga yuklatilgan. Faoliyati davomida ko‘plab jamoalar sharafini himoya qilgan Tursunov olmaliqliklar safida ham yo‘lboshchi, deyish mumkin. Mirjalol Qosimov tarkibni shakllantirishda tajribali yigitlarni taklif qilishga odatlangan. Xususan, Sanjar tarkibda bo‘lmagan kezlari o‘rnini Anzur Ismoilov egallashi mumkin.

«NASAF» - Umar ESHMURODOV

Ro‘ziqul Berdiyev jamoasida Umar Eshmurodov sardorlik bog‘ichini olgan. U maydonda og‘ir-vazminligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Ko‘p vaziyatlarda hakamlar bilan tortishmaslikni lozim topadi. Vaqti kelganda, jamoa manfaati yo‘lida o‘z haqqini talab qila oladigan yetakchi ham hisoblanadi. Qisqasi, Eshmurodov yosh bo‘lishiga qaramay, yetakchilik rolini a’lo darajada bajaradi. Vise-sardorlik G‘olib G‘aybullayev chekiga tushgan.

«BUNYODKOR» - Davron ERGASHEV

Joriy mavsum «qaldir-g‘ochlar»da sardorlik bog‘ichi tojikistonlik himoyachi Davron Ergashevga topshirildi. Bu vazifani avvalgi yillarda Lutfulla To‘rayev bajarib kelayotgandi. Yangi mavsum avvalida esa To‘rayev Superligaga qaytgan «Neftchi» tarkibiga qo‘shildi. Natijada, «Bunyodkor» rahbariyati va murabbiylar shtabi mas’uliyatli vazifani Ergashevga topshirishga qaror qildi. Davron bu borada ancha tajribali, uning maydonda og‘ir-bosiqlik bilan to‘p surishini kuzatish mumkin.

«NAVBAHOR» - Azim AHMEDOV

Ahmedovlar sulolasining kenja vakili «Navbahor» klubi sardori hisoblanadi. Samvel Babayan mavsum avvalida tarkibni sezilarli darajada kuchaytirdi. U taklif etgan futbolchilarning deyarli barchasi yetakchilikni qo‘lga olishga qodir. Shunday bo‘lsada, sardorlik bog‘ichi Azimda qoldirildi. Mabodo, qandaydir sababga ko‘ra, Ahmedov maydonga tushmasa, bu vazifani Igor Golban o‘z zimmasiga olishi mumkin.

«LOKOMOTIV» - Kaxi MAXARADZE

Yangilanayotgan «Lokomotiv»-da sardorlik vazifasini o‘tgan mavsumlardan buyon Kaxi Maxaradze bajarmoqda. Gruziyalik charm to‘p ustasi hamon «temiryo‘chilar»ga sodiq ekanini ko‘rsatib kelmoqda. Lekin ayrim holatlarda Maxaradze sardorlarga xos bo‘lmagan ishlarni bajaradi. Ko‘p tortishadi, dahanaki janglarga kirishadi. Yosh jamoadoshlariga namuna bo‘lishi, ularni oldinga yetaklashi va liderlik vazifasini bajarishi kerakligini inobatga olsak, Kaxidan og‘ir-bosiqlikni o‘rganishi ham talab etiladi.

«QO‘QON-1912» - Murod XOLMUHAMMEDOV

Baxtiyor Ashurmatov ustozligidagi qo‘qonliklarga ancha yillardan buyon Murod Xolmuhammedov sardorlik vazifasini bajarmoqda. Aytish kerakki, u jamoaning nafaqat sardori, shu qatorda lideri ham hisoblanadi. U jamoadoshlarini g‘alabalar sari yetaklay oladigan futbolchidir. Shu tomonlari sababli ham qo‘qonlik ishqibozlarning yoqimtoyiga aylangan. Muhim o‘yinlarda jarima to‘plaridan gollar urgani holda, «Qo‘qon-1912»ga muhim g‘alabalarni taqdim etmoqda. Xolmuhammedov maydonda bo‘lmagan vaqtlarda uning o‘rnini Aleksandr Merzyalkov egallaydi. Tajribali futbolchi ham sardorlik vazifasini muvaffaqiyatli bajara oladiganlar sirasidan.

«QIZILQUM» - Ignatiy NESTEROV

Navoiyliklar bu borada tajribali futbolchilarga ishonch bildirishmoqda. Joriy mavsumdan sardorlik bog‘ichi Ignatiy Nesterovga topshirildi. Ilgari Erkin Boydullayev bu vazifani bajarib kelardi. O‘zbekiston terma jamoasining sobiq kiperi tajribasi va yosh jihatidan jamoadoshlaridan kattaligi tufayli ham bog‘ich taqishga haqli. Boz ustiga, u maydonda sheriklarini g‘alabalar sari yetaklay oladi.

«SURXON» - Baxtiyor QOSIMOV

Ispaniyalik mutaxassis Anxel Lopes mavsumoldi tayyorgarlik vaqtida tarkibni haminqadar kuchaytirdi. Legionerlar limiti ispaniyalik, serbiyalik va tojikistonlik futbolchilar hisobiga to‘ldirildi, mahalliy o‘yinchilar bilan shartnoma imzolandi. Jumladan, o‘tgan mavsum «Andijon»da to‘p surgan Baxtiyor Qosimov ham «Surxon» safini to‘ldirdi. Va qisqa muddatda jamoa sardori maqomini oldi. Qosimov bo‘lmagan vaqtda bog‘ichni tajribali himoyachi Bobur Akbarov taqadi.

«METALLURG» - Salamat QUTIBOYEV

Mavsum-2021dagi muvaffaqiyatsizliklardan xulosa chiqarib, tarkibni sezilarli darajada kuchaytirgan «Metallurg»da sardorlik bog‘ichi Salamat Qutiboyevga berildi. Ilgari bu vazifani Akbar Ismatullayev bajarib kelayotgandi. U esa yil boshida bekobodliklar bilan xayrlashdi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Ismatullayev futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Qutiboyev maydonda bo‘lmagan vaqtda sardorlik bog‘ichi Fozil Musayev va Aleksandr Lobanovdan birining gardaniga tushadi.

«NEFTCHI» - Lutfulla TO‘RAYEV

Superligaga qaytganidan so‘ng ko‘plab transferlarni amalga oshirib, o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan «Neftchi»da sardorlik vazifasi Lutfulla To‘rayevga topshirilgan. U mazkur vazifani ilgari o‘ynagan jamoalarida ham a’lo darajada bajargan, demakki, Farg‘ona klubida bu borada muammoga duch kelmasligi turgan gap. Biroq Superliganing 1-turida To‘rayev «Qo‘qon-1912»ga qarshi bahsda jarohat olib, maydonni barvaqt tark etdi. Vise-sardorlikni esa Oybek Qilichev bajardi. O‘z navbatida, Qilichev zaxiraga olinayotganda, bog‘ichni jamoaning yangi a’zosi - Mirzohid G‘ofurovga topshirib chiqib ketdi.

«DINAMO» - Temur ISMOILOV

Samarqandliklar ham yangi mavsum Superligada munosib ishtirok etish niyatidalar, Pro ligaga tushib ketish ularning rejasiga kirmasligi aniq. Shu maqsadda jamoaga serbiyalik mutaxassis taklif qilindi. Hozirda «Dinamo»da sardorlik vazifasini Temur Ismoilov bajarmoqda. Qolgan jamoadoshlariga qaraganda ancha yosh bo‘lsada, ushbu futbolchi bog‘ich taqish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishdan cho‘chimadi.

«OLIMPIK» - Bekzod SHAMSIYEV

Superligadagi eng yosh tarkibga ega bo‘lgan jamoaning tajribali raqiblarga qarshi qay tariqa o‘yin ko‘rsatishi qiziq. Temur Kapadze drujinasida sardorlik vazifasini Bekzod Shamsiyev bajarmoqda. Pro ligadagi vaqtda ham ushbu lavozim Shamsiyevga tegishli edi. Yakunda u o‘z vazifasini a’lo darajada bajargani, jamoadoshlari bilan Superligaga yo‘llanma olganidan xabaringiz bor.

I.ABDUVAHOBOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:45, 14.03.2022.
O'qildi: 2566 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.